Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1725
  •  24.07.2020 10:01

Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Corning kompaniyasi o‘zining yangi avlod toblangan shishasini namoyish qildi. Lekin u ko‘pchilik kutayotganidek Gorilla Glass 7 emas, balki Gorilla Glass Victus nomi bilan bozorga chiqarilyapti.

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Yangi mahsulot ushbu turkumning eng mustahkam vakili bo‘ldi; ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, mazkur shisha nafaqat zarbaga, balki tirnashga ham chidamli. Aytish kerakki, Gorilla Glass 3 avlodidan buyon kompaniya tirnalishga qarshi himoyaga uncha ahamiyat bermay kelayotgan edi.

Corning kompaniyasi ishontirishicha, yangi avlod himoya shishasi mustahkamlik bobida Gorilla Glass 6 modelidan ikki karra, raqobatchidan esa to‘rt karra ustun! Victus shishasi smartfonning 2 metrlik balandlikdan tushib ketganida ham ekrani sinmasligini ta’minlashi kerak. Taqqoslash uchun: rasman bu ko‘rsatkich Gorilla Glass 6 uchun 1,6 metrni, Gorilla Glass 5 uchun esa 1,2 metrni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Corning vakillari tushib ketish har xil bo‘lishini yaxshi anglashadi (masalan, biror qattiq jism burchagiga ekran bitta nuqtasi bilan urilishi mumkin). Shu boisdan yangi shishaning mustahkamligi borasida yuz foizlik kafolat berishmayapti. Kompaniya vitse-prezidenti va Gorilla Glass yetakchi tadqiqotchisi Jeymin Amin (Jaymin Amin) tan olishicha, cho‘ntakda smartfon bilan birga kalit, tanga yoki boshqa metall buyum bo‘lsa, Victus tirnalmasligi imkonsiz. Lekin baribir tirnalish ehtimoli kuchli pasaygan.

O‘QING: LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Quyida yangi avlod himoya shishasining rasmiy videosini tomosha qilamiz:

Samsung kompaniyasining Galaxy Note 20 fabletlarida Gorilla Glass 7 himoyasi bo‘lishi aytilayotgan edi, demak, Gorilla Glass Victus ilk bor shu smartfonlarda qo‘llanadi.

Corning rasman tasdiqlashicha, Gorilla Glass Victus himoya shishasi qoplangan ilk smartfonni Samsung taqdim etadi va u «bir necha oy ichida» chiqadi.

Galaxy Note 20 hamda Note 20 Ultra modellarining avgust boshida namoyish etilishi, sotuvga esa bu fabletlar oy oxirlarida chiqarilishini hisobga olsak, yuqoridagi taxmin haqiqatga yaqin ekanligini ko‘ramiz.

Shuningdek, keyin boshqa smartfonsozlar ham Victus himoyali flagmanlarini taqdim etishadi.

O‘QING: Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!