Smartfonlar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishni bepul qilish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2950
  •  17.02.2020 10:47

Smartfonlar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishni bepul qilish mumkin!

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida petitsiya e’lon qilindi. Bu xususda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

O‘QING: DIQQAT: O‘zbekistonda telefon sotib olsangiz, IMEI-kod uchun siz pul to‘lamaysiz!

Murojaatda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibini joriy etish so‘ralgan.

«Chunki, hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim, deb hisoblayman», – deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilish so‘ralmoqda. Mana bu havola orqali «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalidagi tegishli sahifaga o‘tib va mazkur petitsiyani imzolab, bunga siz ham hissa qo‘shing!

Eslatib o‘tamiz, AKT vazirligi avvalroq IMEI-kod haqida eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga oydinlik kiritgan edi.

O‘QING: IMEI nima va uning ahamiyati nimada?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!