Smartfonlar uchun kuchli simsiz quvvatlagichlar taqiqlanishi mumkin

  •   DiMaX
  •  598
  •  22.02.2021 15:46

Smartfonlar uchun kuchli simsiz quvvatlagichlar taqiqlanishi mumkin

Xitoy rasmiylari eng tezkor simsiz quvvat olish uchun smartfon ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni ishlab chiqmoqdalar. Bu to‘g‘rida Kun.uz nashri xabar berayotir.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Rejaga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab Xitoyda sotilgan va ishlatilgan barcha mobil va ko‘chma simsiz qurilmalar maksimal 50 vatt quvvatga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda hozirda jamoat muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Bundan tashqari, hujjatlarda mobil va ko‘chma zaryadlovchilar faqat 1002-148,5 kGs, 6765-6795 kGs va 13553-13567 kGs diapazonlarida ishlashi kerakligi aytilgan.

50Vt simsiz zaryadlovchi qurilmalar endi xayol emas. Xitoylik ishlab chiqaruvchilar shu kabi zaryadlovchilarni chiqarmoqdalar va smartfonlar ularni qo‘llab-quvvatlayaptilar.

O‘QING: 5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.