Smartfonlar uchun pokemonlar haqida yangi o‘yin – Pokemon Rumble Rush chiqdi

  •   DiMaX
  •  901
  •  17.05.2019 13:03

Smartfonlar uchun pokemonlar haqida yangi o‘yin – Pokemon Rumble Rush chiqdi

2016 yilning 6 iyunida yaponlarning Nintendo kompaniyasi Pokemon GO o‘yinini omma e’tiboriga havola qilgan edi. Mazkur o‘yin butun dunyoda juda tez ommalashib, katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

O‘QING: Sankt-Peterburgda «Ehtiyot bo‘ling, pokemon ovlovchilar!» yo‘l belgisi o‘rnatildi

Nintendo endi mobil qurilmalar uchun pokemonlar haqida yana bitta – Pokemon Rumble Rush o‘yinini ishlab chiqdi. Shartli bepul bo‘lgan ushbu o‘yinda butun dunyo bo‘ylab sochib tashlangan turli jonzotlar bilan kurashiladi.

Pokemon Rumble Rush’da siz orollar bo‘ylab sayohat qilishingiz, pokemonlarning yashash joylarini topib, ular bilan jang qilishingiz kerak bo‘ladi. Har bir g‘alabangiz uchun yangi jonzotlar qo‘shilib boradi, ularning kuch va qobiliyatlari turlicha bo‘ladi.

O‘QING: Nintendo kompaniyasi iPhone va Android-smartfonlar uchun ham o‘yinlar tayyorlamoqda

O‘yinda kerakli joyga yetib borganingizda, personajingiz o‘zi olg‘a yugurib keta boshlaydi. Yonida dushmanlar paydo bo‘lganida ularning ustiga bossangiz, pokemoningiz ularga hamla qiladi. Har bir bosqich oxirida «katta boss»ga duch kelasiz, uni yengganingiz evaziga sovrin olasiz.

Pokemon Rumble Rush hozircha faqat Android-qurilmalar uchun chiqqan va Google Play do‘konida Avstraliyadagi foydalanuvchilar uchungina taqdim etilgan. Lekin siz mana bu havola orqali uning APK-faylini yuklab olib o‘rnatishingiz mumkin.

O‘QING: Yilning eng muvaffaqiyatli Apex Legends o‘yini endi smartfonlarga ham chiqadi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!