Smartfonlar uchun qayta tiklanuvchi material yaratildi

  •   DiMaX
  •  528
  •  28.12.2020 16:31

Smartfonlar uchun qayta tiklanuvchi material yaratildi

Olimlar ekranni himoya qilib turuvchi klassik shisha o‘rnini egallaydigan rangsiz polimidni yaratmoqda. Bu kabi materialdan egiluvchan ekranga ega smartfonlarda foydalanish mumkin, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘QING: «Ko‘rinmas» selfi-kamerali smartfon o‘zini oqlamadi

Ushbu materialni yaratishda zig‘ir yog‘idan foydalanilgan bo‘lib, u polimerning yorilishi natijasida hosil bo‘lgan sohaga kirishga «o‘rgangan». Suyuqlik havo ta’sirida qotib qoladi va material o‘z xususiyatini to‘liq qayta tiklaydi.

Bu kabi texnologiyani gadjetlar olamiga joriy etishga hali ancha bor, biroq uning o‘ziga yarasha istiqboli mavjud. Shu turdagi polimerlardan nafaqat smartfonlarda, balki kiyim-kechak yoki quyosh batareyalarida ham foydalanish mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Sejon universiteti tadqiqot guruhi yangi turdagi quvvatlantirgich ustida ish olib borayotgani, u smartfonni havo orqali quvvatlantira olishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!