Smartfonlar uchun yangi Gorilla Glass himoya oynalari taqdim etildi

Smartfonlar uchun yangi Gorilla Glass himoya oynalari taqdim etildi

Smartfonlar uchun Gorilla Glass ta’minlab berish bilan tanilgan Corning kompaniyasi yangi kameralar linzalari uchun optimallashtirilgan Gorilla Glass DX va DX+ shishalarini taqdim etdi.

O‘QING: Katta sig‘imli akkumulyator va 48MP uchta kamerali Samsung Galaxy M21 2021 Edition smartfoni e’lon qilindi

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin kompaniya taqiladigan elektronikaga, xususan, aqlli soatlar va fitnes bilakuzuklar uchun mo‘ljallangan Gorilla Glaxx DX va Gorilla Glass Dx+ himoya oynalarini taqdim etgandi.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, Gorilla Glass DX va DX+ foto va video sifatini yo‘qotmagan holda tirnalishlarga chidamlilikni ta’minlash uchun boshqa kompozitsiyadan tarkib topgan. Rasmiy bayonotga ko‘ra, yangi kompozitsion material oddiy Gorilla Glass kabi tirnalishlarga chidamlilikni saqlab qolgani holda atrof yorug‘ligining 98 foizini oddiy o‘tkazish imkonini beradi. Corning'ning ta’kidlashicha, hozirda smartfon kameralarida ishlatiladigan himoya oynalari yorug‘likning 95 foizigina o‘tishiga imkon beradi.

Gorilla Glass DX va DX+ yangi oynalaridan qaysi smartfonlarda foydalanishi hali e’lon qilinmagan, ammo Corning Janubiy Koreya giganti Samsung ushbu qurilmalarni birinchi bo‘lib chiqarishini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy Unpacked tadbirini 11 avgustga rejalashtirgan bo‘lib, unda ikkita buklanadigan smartfonlar, yangi aqlli soatlar, naushniklar va boshqa yangi qurilmalar e’lon qilinishi kerak.

O‘QING: Dimensity 1200 chipi, AMOLED 90 Hz ekran, 50MP kamera va NFC'ga ega hamyonbop OnePlus Nord 2 smartfoni taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!