Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlovchi FlashCharge texnologiyasini «jonli» videoda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1082
  •  13.07.2020 16:01

Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlovchi FlashCharge texnologiyasini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Oppo kompaniyasi bugun e’lon qilishicha, 15 iyulda u 125 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasini namoyish etadi. Vivo kompaniyasiga qarashli Iqoo brendi bo‘lsa allaqachon 120 vattlik FlashCharge tezkor quvvatlash texnologiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Bu rekordchi flagman atigi 15 daqiqadayoq to‘liq quvvatlanib ulguradi!

Lekin bir jihatni e’tiborga olish kerak: Oppo, Vivo hamda Iqoo – barchasi BBK konserniga qarashli. Shunday ekan, yuqoridagi ikkita brend e’lon qilgan narsa slida bitta texnologiya bo‘lishi mumkin.

E’tiborlisi – Iqoo allaqachon yangi avlod FlashCharge texnologiyasini amalda ishlatib, videosini e’lon qildi. Quyidagi lavhada ko‘ramiz – akkumulyatori 4000 mA/soatlik smartfon 5 daqiqada yarmigacha, 15 daqiqada esa to‘liq quvvatlanib ulgurdi!

Ta’kidlash kerakki, Realme ham 125 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasini taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda. Lekin uyam aslida o‘sha BBK’ga qarashli – Oppo kompaniyasining subbrendi hisoblanadi.

O‘QING: Redmi 9C bilan raqobat: Realme ham atigi 100 dollarlik smartfon namoyish qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!