Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq zaryadlovchi Quick Charge 5 taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  769
  •  28.07.2020 11:11

Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq zaryadlovchi Quick Charge 5 taqdim etildi

iQOO kompaniyasi yaqinda 120 vattlik FlashCharge tezkor quvvatlash texnologiyasini namoyish etgan edi. Qualcomm ham o‘zining yangi avlod – Quick Charge 5 tezkor quvvatlash texnologiyasini taqdim qildi.

O‘QING: Smartfonlar endi sinmaydigan bo‘ladi! (+video)

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, u 2013 yilgi Quick Charge 1 texnologiyasidan 10 karra tezkorroq, 2017 yilgi Quick Charge 4 avlodidan esa 70 karra samaradorroq. Quick Charge 5 texnologiyasi qo‘shaloq akkumulyatorlarni, 20 voltgacha kuchlanishda hamda 100 vattdan ortiqroq quvvatda zaryadlay oladi.

Natijada esa smartfonlarning 4500 mA/soatlik akkumulyatorini noldan boshlab 50 foizgacha to‘ldirish uchun atigi 5 daqiqa, to‘liq quvvatlash uchun esa 15 daqiqa vaqt kifoya qiladi.

O‘QING: Qualcomm arzon 5G-smartfonlar uchun Wi-Fi 6’ni ham qo‘llovchi Snapdragon 690 chipini chiqardi

Quick Charge 5 texnologiyasi 12 xil himoya tizimini, shu jumladan qizib ketishdan saqlash va tok kuchlanishining keskin o‘zgarishlaridan muhofazani ham o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda quvvatlash jarayonida qizishni ham Quick Charge 4 texnologiyasiga nisbatan 10 darajaga pasaytirishga erishilgan. Quick Charge 5 jamlanmasidagi Smart Identification of Adapter Capabilities texnologiyasi esa akkumulyator umrini uzaytirish imkonini beradi.

Aytish kerakki, Quick Charge 5 texnologiyasiga ega bo‘lgan zaryadlagichlar Quick Charge 2.0, 3.0, 4, 4+ standartlari bilan ham ishlay oladi. Yangi standart allaqachon Snapdragon 865 hamda Snapdragon 865+ protsessorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Qualcomm’ning rasman e’lon qilishicha, Quick Charge 5 texnologiyasiga ega smartfonni birinchi bo‘lib Xiaomi kompaniyasi, shu yilning uchinchi choragida namoyish etadi.

O‘QING: Xiaomi ham Snapdragon 865 Plus chipli flagmani taqdimotini rasman e’lon qildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!