Smartfonni endi simsiz usulda atigi 8 daqiqada 50 foizga, 19 daqiqada esa butkul quvvatlash mumkin!

  •   DiMaX
  •  1324
  •  19.10.2020 10:06

Smartfonni endi simsiz usulda atigi 8 daqiqada 50 foizga, 19 daqiqada esa butkul quvvatlash mumkin!

Keyingi paytlarda smartfonlarni simsiz usulda tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan boyitish ham trendga aylanib bormoqda. Xiaomi bu borada rekordchi – dunyodagi eng tezkor simsiz zaryadkani taqdim etdi.

O‘QING: Xiaomi rasmiy videoda eng so‘nggi flagmanining «ichak-chovog‘ini ag‘darib» ko‘rsatdi

Ushbu texnologiyada smartfonni zaryadlash quvvati 80 vattni tashkil etadi. Xiaomi’ning ta’kidlashicha, uning yordamida 4000 mA/soatlik akkumulyatorni atigi 19 daqiqada to‘liq zaryadlash mumkin. Bunday batareyaning noldan boshlab 50 foizgacha to‘lishi uchun esa bor-yo‘g‘i 8 daqiqa kifoya!

Bungacha mazkur kompaniya qurilmalarida eng yuqori quvvatli – 50 vattlik tezkor simsiz zaryadlash texnologiyasi uning Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmanida joriy etilgan edi.

Aytish kerakki, Xiaomi bu yo‘nalishda ancha ilg‘or: mart oyida u 40 vattlik tezkor simsiz zaryadlash texnologiyasini chiqargan. Ancha oldin – Mi Mix 2S modelida u 7,5 vattlik ilk simsiz quvvatlash texnologiyasini namoyish qilgan edi. Keyinroq, Mi Mix 3 smartfonida uning quvvati 10 vattga yetkazilgan. 2019 yilda esa 20 vattlik asosda simsiz zaryadlanuvchi Xiaomi Mi 9 flagmani taqdim qilingan.

O‘QING: Redmi K40 qaysi jihati bilan Xiaomi Mi 11’dan ham ilgarilab ketyapti?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!