Smartfonni qanday to‘g‘ri quvvatlash mumkin?

Smartfonni qanday to‘g‘ri quvvatlash mumkin?

Bugungi “aqlli telefon”da o‘ziga xos muammo bor. U ham bo‘lsa, smartfon quvvati haqida doimiy “g‘amxo‘rlik qilish”. Internet, turli ko‘ngilochar o‘yinlar, albatta, uncha-muncha smartfonning “tinkasini quritadi”. Shunday paytda ko‘pchilik telefonni quvvatlashga oshiqadi. Savol tug‘iladi: xo‘sh, telefonni qanday to‘g‘ri quvvatlash mumkin?

a) Quvvatni 0% foizgacha tushirish va 100% foizgacha oshirish;
b) telefonni quvvati ozroq qolganida quvvatlash;
v) farqi yo‘q.
Siz bunday vaziyatda qanday yo‘l tutasiz?

Aksariyat zamonaviy mobil qurilmalarda litiy-ionli akkumulyatorlardan foydalaniladi. Bunday akkumulyatorlarni qanday to‘g‘ri quvvatlash borasida turli qarashlar bor. Kimdir doim telefonning 40-80% foizlik quvvati bo‘lishi va u to‘ldirib turilishi kerak, deb hisoblasa, yana kimdir uning barcha quvvatini tugatib, so‘ng 100 foizgacha energiya bilan to‘ldirish kerak, deydi.

Bu chalkashlik ilgari foydalanilgan nikelli akkumulyatordagi “xotira effekti” bilan bog‘liq. Mazkur qurilmani nol foizgacha quvvatsizlantirish talab etilardi. Zamonaviy quvvat vositalarida esa bunday qilish shart emas. Bu akkumulyatorning ishlash muddatini qisqartirishi mumkin. Shuning uchun telefon akkumlyatorini “B” javobdan yozilganidek, quvvati ozroq qolganida yoki energiya 40 dan 80 % foizgacha bo‘lgan holatda quvvatlanirib turish maqsadga muvofiq.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.