Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

  •   DiMaX
  •  3407
  •  30.06.2021 12:40

Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

«RIA Novosti» nashri mamlakatning Milliy texnologik tashabbusi EnergyNet infratuzilma markazi loyiha yo‘nalishi rahbari Boris Bokarev bilan suhbatlashgan. Mutaxassis unda smartfonlarni quvvatlashda ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolikni ta’kidlab o‘tgan.

O‘QING: Apple kompaniyasi gadjetlarni to‘g‘ri zaryadlash qoidalarini oshkor qildi

Bokarevning so‘zlariga ko‘ra, smartfonning akkumulyatorini 100% to‘ldirish ham, quvvati butkul tugab qolgunicha zaryadlamay turish ham noto‘g‘ridir. Bu holatlarning har ikkalasi ham batareyaning xizmat qilish muddatini qisqartiradi.

«Qurilmani iloji boricha to‘liq quvvatsizlantirib, keyin toki akkumulyatori butkul to‘lgunicha uzmasdan quvvatlashga qo‘yish haqidagi maslahatlar – shunchaki marketing yurishidir», deydi ekspert. Avvalroq biz «Android’da batareyani kalibrlash» nomli maqolamizda bu usulni oyda bir marta qo‘llash mumkinligi haqida yozganmiz.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, akkumulyatorning ishlash muddati zaryadlash sikllari soniga bog‘liq. Zaryadlash sikli deganda batareyaning 90-100% gacha to‘lishi tushuniladi. Smartfonlar o‘rtacha holatda 300-500 zaryadlash siklini hisobga olgan holda chiqariladi, shundan so‘ng akkumulyator o‘zining tok sig‘imini yo‘qotishni boshlaydi.

Darvoqe, yaqindagina biz jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat ham e’lon qilgandik.

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?