SmartSafes: endi seyflarga ham aql kiradi

  •   Saroy
  •  586
  •  07.09.2018 13:02

SmartSafes: endi seyflarga ham aql kiradi

QuickSafes kompaniyasi o‘zining birinchi aqlli seyfini namoyish qildi. U mebel tokchalari yoki shamollatkich panjarasi bilan niqoblanadi. Seyf murakkab raqamli kodlardan yoki boshqa xavfsizlik mexanizmlardan foydalanmaydi. Uni faqat maxsus  RFID-belgi kartasi yordamida ochish mumkin — bu eski variant.

Seyfni ochishning muqobili sifatida kompaniya smartfonlarni taklif etmoqda. Buning uchun smartfon barmoq izlari skaneri  yoki yuzni tanish funksiyasiga ega bo‘lishi lozim.  Smartfondagi ilova seyfga ulanadi va uni ochish uchun barmoqni bosish yoki  yuzni ko‘rsatish kifoya qiladi.

O‘QING:Android-qurilmalar uchun eng ishonchli beshta budilnik

Bunday seyfni yaratishdan ma’ni shuki, uni xona intererida ilg‘ash qiyin. Biroq tashqi ko‘rinishiga qaraganda bunday seyfni buzib ochish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shunday ekan, unda katta miqdorda pul saqlab bo‘lmaydi, lekin hajmi unchalik  katta bo‘lmagan va qimmat emas, masalan, hujjatlarni bemalol saqlasa bo‘ladi.

Kompaniya hozircha kalit o‘rnida smartfondan foydalanadigan “mu’jiza” seyfining narxini e’lon qilgani yo‘q.  Narxi 12 sentyabrda ma’lum bo‘lishi mumkin. Bunday gadjetga talab qanday bo‘lishini baholash uchun QuickSafes  Indiegogo maydonchasida kraudfanding e’lon qildi.

O‘QING:Wi-Fi-kuldon kashandalarga chekishni tashlashga yordam beradi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!