Smartsoatlar bozoriga yangi o'yinchi kirib keldi

Smartsoatlar bozoriga yangi o'yinchi kirib keldi

May oyida bo'lib o'tgan I/O tadbirida ilk marotaba namoyish qilgandan keyin, Google vanihoyat o'zining ilk aqlli soati, Pixel Watch haqidagi batafsil ma'lumotlarni ulashdi.

Soat tashqi ko'rinishi bizga begona emas: bu xuddi Apple Watch soati yumaloq ekranga ega bo'lgandagi ko'rinishga o'xshaydi. Uning o'lchami 41mm bo'lib, u boshqa soatlarga qaraganda ingichkaroq, 12.3 mm. Garchi soat zanglamas po'latdan yasalgan bo'lsa ham u juda og'ir emas: (kamarlarisiz) 32 gramm. Yengil va ixcham bo'lgani yaxshi albatta, ammo, bu uning kattaroq batareya bilan jihozlanishini to'sib qo'yadi. Pixel Watch smartsoati 294 mA/s batareya sig'imiga ega. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu 24 soatga yetadi - ko'proq fitnes va sog'lomlikka qaratilgan aqlli soat uchun yomon emas, lekin Galaxy Watch 5 Pro va Apple Watch Ultra bundan ikki kun ko'proq ishlashni taqdim qila oladi. Biroq, havotirga o'rin ham yo'q, agar soat quvvati tugab qoladigan bo'lsa siz uni USB-C orqali 18 Vt tezlik bilan atigi yarim soatda 50% yoki 80 daqiqada to'liq quvvatlab olishingiz mumkin.

Qurilmaga har doim yoniq turadigan ekran xususiyati va 1000 nit yorqinlikka ega 1.2 dyuymli AMOLED dipsley o'rnatilgan. U Samsung'ning Exynoss 9110 va batareya optimizatsiyasi uchun qo'shimcha Cortex M33 protsessorlari bilan Wear 3.5'da ishlaydi. Uning operativ xotirasi 2GB bo'lsa, doimiy xotirasi 32 GB ni tashkil qiladi. Ulanish bo'yicha soat Bluetooth 5.0, LTE, Wi-Fi va NFC xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydi. Qo'shimchasiga soatda kompass, ichki o'rnatilgan GPS, altimetr, qondagi kislorodni tekshirish uchun SpO2, yurak urushi tezligini o'lchaydigan sensor, akselerometr va giroskop kabi sensorlari ham mavjud. Shuningdek, Google Assistant va qo'ng'roqlar uchun mikrofon ham bor.

Pixel Watch narxi Wi-Fi/Bluetooth model uchun 349 dollar, LTE model uchun 399 dollar bo'lib, unga 13-oktabrdan buyurtma berish mumkin.

O'QING: Rasman: Pixel 7 va Pixel 7 Pro smartfonlari taqdim etildi