Snapchat uchar kamera chiqardi

Snapchat uchar kamera chiqardi

O'zining Snapchat ijtimoiy tarmog'i bilan tanilgan Snap kompaniyasi ba'zan noodatiy qurilmalar ham chiqarib turadi. Bir necha yil oldin Spectacles nomli aqlli ko'zoynoklarini chiqargan kompaniya payshanba kuni yana bir ajoyib gadjetni taqdim qildi va bu safargisi ucha oladi.

Ha, Snap o'zining Pixy nomli uchar dronini taqdim qildi. Cho'ntak o'lchamidagi bu erkin uchadigan qurilmani boshqarish uchun hech qanday ortiqcha kontroller mavjud emas, buni o'rniga uning olti xil rejim: o'chirish, kutish, havoda muallaq turish, erkin qo'yish, ergashtirish va orbita rejimlaridan birini tanlash, keyin esa uchirish uchun undagi Start tugmasini bosish kerak. Uchirishdan oldin uni ko'z darajasidagi balandlikda ushlash kerak va shunda Pixy foydalanuvchi harakatlanaganida uni avtomatik kuzatib boradi. Qurilma ostida yana bir qo'shimcha kamera mavjud bo'lib, u uchish-qo'nish amallarini bajarishda katta rol o'ynaydi, ya'ni foydalanuvchi qo'lini dronga uzatganida u tagidagi qo'shimcha kamera bilan ochiq turgan kaftni topib kelib, qo'nadi.

Surat muallifi: Snap

Uchar kameraning qancha vaqt uchishi kabi sozlamalarini Snapchat ilovasida to'g'rilash mumkin. Shuningdek, selfi dron yordamida olingan surat yoki videolar simsiz tarzda Snapchat Memories bilan sinxronizatsiyalanadi va keyin ularni ilova ichida tahrirlasa bo'ladi.

Surat muallifi: Vjeran Pavich / The Verge

Pixy 12MP sensorli kameraga ega va u 100 tagacha video va 1000 tagacha rasmlar olishi mumkin va bularning bari qurilmaning 16GB hajmdagi xotirasida saqlanadi. Gadjet og'irligi atigi 101 gramm bo'lib, uning to'liq quvvat bilan 5-8 ta parvozlarni amalga oshirish imkonini beruvchi batareyasini boshqasi bilan alishtirib ishlatish yoki qurilmaning o'zida USB-C porti orqali quvvatlash mumkin. 

Pixy Amerika va Fransiya bozorlari uchun $229.99 ikkilik narxda sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, foydalanuvchilar $20 evaziga qo'shimcha batareya va 50 dollarga bir vaqtning o'zida ikki batareyani quvvatlash imkonini beruvchi ikkilik quvvatlovchini ham sotib olishlari mumkin.

O'QING: Huawei Mate Xs 2 buklamafoni taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.