Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etildi

Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan ilk smartfon taqdim etildi

iQOO Z6 Lite modeli Snapdragon 4 Gen1 chipi bilan jihozlangan dunyodagi ilk smartfon bo‘ldi. 6 nanometrli jarayon asosida yaratilgan ushbu chipsetning maksimal ishlash tezligi 2 gigagertsni tashkil qiladi.

U eski Snapdragon 400 seriyali chiplarga qaraganda 18% yuqori CPU ishlash tezligini taklif qiladi. Chip, shuningdek, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

iQOO Z6 Lite barqaror ishlash uchun unga grafit plyonka, issiqlik o‘tkazuvchan gel, mis folga, harorat sensori hamda to‘rt komponentli sovutish tizimi o‘rnatilgan.

Smartfon 1080x2408p rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan bo‘lib, u 120 gerts yangilanish chastotasi hamda 240 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmadagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 18 vattga quvvat oladi. 

Orqa panelda 50MP asosiy hamda 2MP makro kameralar joylashgan bo‘lsa, old paneldan 8MP selfi kamera o‘rin olgan. Qurilma qora va ko‘k ranglarda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha:

4/64GB - 175 dollar

6/128GB - 195 dollar.

O‘QING: realme 95 dollarlik smartfonni taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.