Snapdragon 7 Gen1 chipi chiqmoqda

Snapdragon 7 Gen1 chipi chiqmoqda

Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi mashhur Digital Chat Station insayderi Qualcomm kompaniyasining yangi Snapdragon 7 Gen1 chipiga oid asosiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Ushbu chip katta ehtimol bilan MediaTek Dimensity 8100'ning raqobatchi sifatida taqdim etiladi. 

Snapdragon 7 Gen1 texnik jihatdan to‘rtta Cortex-A710, va Cortex-A510 yadrolariga ega bo‘lib, garfik jihatdan unga Adreno 662 grafik protsessori yordam beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, texnik jihatdan yangi chip Snapdragon 778G'ga juda o‘xshaydi. Dimensity 8100 esa unumdorlik jihatidan Snapdragon 870 yoki 888 chilplariga yaqin. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Honor 70 smartfoni birinchilardan bo‘lib yangi chipga ega bo‘ladi.

O‘QING: Eng kuchli Android smartfonlar reytingi (AnTuTu)