Snapdragon 778G, 6.55" 120Hz OLED displey va 55 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega Xiaomi Civi taqdim qilindi

Snapdragon 778G, 6.55

Xiaomi bu yil o‘z smartfonlarini nomlash strategiyasini o‘zgartirmoqda: avvaliga «Mi» brendidan voz kechildi, endi esa «CC» liyenykasi Civi deb qayta nomlandi. Xiaomi’ning eng so‘nggi o‘rta toifa smartfoni — Xiaomi Civi'ni qarshi oling.

O‘QING: Xiaomi yangi seriyadagi smartfonlarni ishlab chiqarishni boshlaydi. U qanday nomlanadi?

Hozircha faqat bitta Civi smartfoni bor. Kompaniya Pro yoki «e» modellari haqida hech narsa demadi. Mazkur qurilma Mi CC9 Pro kabi kameraga urg‘u qaratmaydi — smartfonda 100+ megapiksellik kamera yoki 5x telefoto linza mavjud emas. Civi'da asosiy e’tibor dizaynga qaratilgan.

Qurilma Snapdragon 778G SoC'sida ishlaydi. TSMC'ning 6 nanometrlik jarayoni asosiga qurilgan mazkur chipset Snapdragon 780G (Samsung 5 nm) ga muqobil bo‘la oladi. Chipset to‘rtta katta Cortex-A78 yadrosi va yuqori toifa Adreno 642L grafik protsessori hamda X53 5G modemiga ega. SoC qizib ketmasligi uchun to‘qqiz qavatli grafin qoplamasi mavjud. Shuningdek, Adreno protsessori Variable Rate Shading texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa tasvir sifati minimal darajada yo‘qotilgan holda unumdorlikni oshirib beradi.

Adreno 642L GPU'si 90 kadr/sekundda yangilanuvchi o‘yinlar (masalan, Honor of Kings) uchun yetarlicha darajada tezkor. Ekran esa 120Hz'da yangilanadi, sensorli namuna olish chastotasi esa 240Hz. Ekran paneli 6,55" qayrilma OLED panel bo‘lib, hozirgacha mavjud Xiaomi smartfonlari orasida eng ingichka pastki hoshiyaga egaligi bilan ajralib turadi. Pastki qator piksellar va metall rom orasidagi masofa atigi 2.55 mm ni tashkil etadi.

O‘QING: TeraTavsif: Redmi 10 – Xiaomi, toming ketdimi?

1080p+ aniqlikdagi mazkur ekran ham HDR10+ ni, ham Dolby Vision'ni qo‘llab-quvvatlaydi va yuqori kalibratsiya darajasiga ega — deltaE atigi 0.36 ni tashkil etadi. Displey yorqinligi maksimal 950 nit.

Kameraga to‘xtalsak, asosiy modul 64MP rezolyutsiyaga ega (1/2.0"). Piksel o‘lchami 0.7 -mikron bo‘lib, piksel-binningdan so‘ng 1.4-mikronga chiqadi. Diafragma f/1.8. Optik barqarorlashtiruv yo‘q.

Ikkinchi kamera esa 120° ultrakeng burchakli, 8MP linza (f/2.2). Eng so‘nggi kamera esa 2MP makro kameradir. Selfilar uchun avtofokusga ega 32MP modul bor.

Qurilma 4,500 mAs akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, 55 vattlik simli quvvatlash imkoniyati sabab uni 45 daqiqada to‘la zaryadlash mumkin.

Smartfon Dolby Atmos va Hi-Res Audio'ni qo‘llab-quvvatlovchi stereo karnaylarga ega. Simli quloqchindan USB-C porti orqali foydalanish mumkin, maxsus 3.5 mm audio jek yo‘q.

Xiaomi o‘zining yangi Civi smartfoni dizayni bilan maqtanmoqda — qurilma 7 mm qalinlikka ega va 166 gramm tosh bosadi. Eniga 71.5 mm bo‘lgan smartfon ushlashga ham qulay. Orqa shisha silliq jilovlanmas sayqalga ega.

Xiaomi Civi'ning oldindan sotuvlari Xitoyda allaqachon boshlandi. Qurilma 30 sentyabrdan boshlab turli onlayn va joylardagi do‘konlar orqali sotuvga chiqadi. Bazaviy 8/128 GB talqini 400, 12/256GB versiyasi esa 500 dollar turadi.

O‘QING: Xiaomi Redmi Note 8 2021'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!