Dimensity 1080 uchun ashaddiy raqib: Snapdragon 782G taqdim qilindi!

Dimensity 1080 uchun ashaddiy raqib: Snapdragon 782G taqdim qilindi!

Flagman Android smartfonlar uchun o'zining Snapdragon 8 Gen 2 chipsetini taqdim qilganidan ikki hafta o'tib, Qualcomm ortiqcha dabdabalarsiz Snapdragon 782G o'rta-flagman chipini ham chiqardi. Snapdragon 778G+ o'rnini egallaydigan ushbu yangi model 200 MP kamera bilan suratga olishni qo'llab-quvvatlaydi va u MediaTek'ning Dimensity 1080 chipi uchun munosib raqobatchi bo'la oladi.

Garchi hali ham 6 nanometrlik TSMC protsessori ustiga qurilgan o'sha-o'sha CPU va GPU'ga ega bo'lsa ham, Snapdragon 782G chipseti ishlashi avvalgisi bilan solishtirganda 2,5 gigagertsdan 2,7 gigagertsgacha oshgan, shu bilan birga, GPU ham 10 foizga tezlashgan va endi u 16 GB gacha LPDDR5 RAM va UFS 3.1 xotirasini qo‘llab-quvvatlaydi. Yangi chipset Full HD+ ekranlarda 144 gerts chastotada, 4K ekranlarda esa 60 gerts chastotada ishlaydi. Kameralarga to'xtaladigan bo'lsak, 200 MP sensor bilan suratga olishdan tashqari chipset bilan HDR bilan 4K formatida, qolaversa, 720p formatda esa 240 fps bilan videolar olish mumkin.

Chipsetga integratsiyalashtirilgan Snapdragon X53 modemi ham mmWave va ham sub-6GHz 5G tarmoqlarini qo'llab-quvvatlaydi yoxud u maksimal 3,7 Gbit/s gacha chiqa oladigan yuklab olish tezligi va 1,6 Gbit/s gacha yuklash tezligini taklif qiladi. Shuningdek, chipset Wi-Fi 6/6E texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi.

Snapdragon 782G bilan jihozlangan eng birinchi smartfon Honor 80 bo'ldi.

O'QING: Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqariladigan smartfonlar bilan ro‘yxati bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.