Snapdragon 8+ Gen 1 chipi bilan chiqariladigan ilk smartfon

Snapdragon 8+ Gen 1 chipi bilan chiqariladigan ilk smartfon

Bir necha hafta oldin Asus kompaniyasi o'zining bo'lajak ROG Phone 6 seriyasidagi smartfonlari Qualcomm'ning o'tgan oyda taqdim qilingan Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan chiqariladigan dunyodagi ilk smartfon bo'lishini ma'lum qilgan edi. Bugun esa kompaniya yangi avlod smartfonlari seriyasi qachon taqdim qilinishi e'lon qildi.

Asus o'z Twitter sahifasida ulashgan tizer posterga ko'ra, kompaniya ROG Phone 6 smartfonlari qatori va shu bilan birga bir qancha yangi geyming aksessuarlarini 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da, bir vaqtning o'zida Tayvan, Berlin va Nyu-Yorkda virtual o'tkaziladigan virtual tadbir davomida taqdim qilinadi.

Asus ROG Phone 6 qatori o'z ichiga uch xil: ROG Phone 6, ROG Phone 6 Pro va ROG Phone 6 Ultimate modellarini o'z ichiga oladi va ular Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan chiqarilishi kutilmoqda.

Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti oldingisiga qaraganda smartfonlarda protsessor va grafik kartaning 10% yaxshiroq ishlashi va 30% kamroq batareya quvvat sarflashini ta'minlaydi.

O'QING: May oyining eng kuchli smartfonlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!