Qaysi smartfon brendlarining qaysi smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqariladi?

Qaysi smartfon brendlarining qaysi smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqariladi?

Kutilganidek, Qualcomm kompaniyasi o'zining yangi flagman chipseti – Snapdragon 8 Gen 2'ni taqdim qilishi bilanoq, bir nechta xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchi brendlar o'zlarining Weibo sahifalarida yangi chipset bilan smartfon chiqarilishlarini e'lon qilishdi.

OnePlus kompaniyasi Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlangan eng birinchi smartfonlar OnePlus 11 seriyasida bo'lishini va'da qildi.

Xiaomi ham o'zining tez kunlarda taqdim qilinishi kutilayotgan Xiaomi 13 smartfonlarini bilan birinchilikka da'vo qilmoqda.

Navbatda esa Oppo turibdi – Oppo Find X6 Pro smartfoni ham yangi chip bilan jihozlangan eng birinchi bo'lishi aytilmoqda.

Motorola'ning Moto X40 seriyasi ham Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqarilishi tasdiqlandi.

Shuningdek, Vivo ham o'zining X90 seriyasidagi smartfonini (katta ehtimol bilan Pro Plus modeli) yangi chip bilan chiqarishini rasman ma'lum qildi.

Qolaversa, Red Magic geyming smartfon brendi ham o'zining navbatdagi Red Magic 8 Pro smartfonini yangi chip bilan ta'minlaydi.

iQOO 11 ham yangi chipsetdan foydalanadi.

ZTE kompaniyasi o'zining ikkita brend: Axon (50) va Nubia (Z50) modellarini Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqarishini aytdi.

Ro'yxatda Meizu ham bor. Garchi qaysi smartfon ekanligi noma'lum bo'lsa ham, kompaniya har holda Snapdragon 8 Gen 2 chipli smartfon ustida ishlamoqda.

Aytish kerakki, bular hammasi emas va ehtimol 2023-yil davomida bundan ham ko'p smartfonlar Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqarilishi mumkin. Alohida aytish kerakki, Samsung ham o'zining yangi avlod Galaxy flagmanlarini Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlaydi, lekin u oddiy chip emas, balki Janubiy Koreya kompaniyasi uchun eksklyuziv bo'lgan Pro variantdagi chip bo'ladi.

O'QING: Snapdragon 8 Gen 2 uchun munosib raqib – MediaTek Dimensity 9200 taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!