Snapdragon 8 Gen 2 taqdim qilinadigan sana ma'lum bo'ldi

Snapdragon 8 Gen 2 taqdim qilinadigan sana ma'lum bo'ldi

Qualcomm o'zining bu yilgi Snapdragon Summit tadbirini o'tgan yilgidan ertaroq, 14-noyabrdan 17-noyabrgacha o'tkazishi ma'lum bo'ldi. Odatda har yili o'tkaziladigan bu tadbirning birinchi kunida kompaniya Android flagmanlari uchun o'zining yangi avlod chipsetini taqdim qiladi.

Shunday qilib, bu yilgi holatga ko'ra, 2023-yilning yuqori darajadagi Android smartfonlari uchun Snapdragon 8 Gen 2 chipseti 14-noyabrda taqdim qilinishi mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Xiaomi'ning o'n uchinchi avlod smartfonlari, Xiaomi 13 va Xiaomi 13 Pro smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqariladigan birinchi mobil qurilma bo'ladi.

O'QING: Apple kuzda taqdim qilishi kutilayotgan qurilmalar ro'yxati