Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Redmi K50 Gaming taqdim etildi

Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Redmi K50 Gaming taqdim etildi

Xiaomi kecha taqdimot namoyishi o‘tkazadi. Unda kompaniya Redmi K50 seriyasiga mansub bo‘lgan Redmi K50 Gaming smartfonini taqdim etdi. U o‘tgan yilgi K40 Gaming'ning yangi avlodi hisoblanadi. 

O‘QING: Nokia o‘zining yangi smartfonini taqdim etdi 

Qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi hamda 120 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlangan. Xiaomi, shuningdek, Mercedes bilan hamkorlikda maxsus versiyadagi K50 Gaming modelini sotuvga chiqaradi. 

K40 Gaming kabi yangi modelda ham bir juft jismoniy triggerlar bo‘ladi. Smartfonga JBL kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan stereo dinamik o‘rnatilgan. 

Qurilma korpusi metalldan ishlangan bo‘lsa, orqa panel shisha bilan qoplangan. Snapdragon 8 Gen1 chipseti va boshqa barcha komponentlarni nazoratda ushlash uchun Xiaomi butunlay yangicha qo‘shaloq sovutish bo‘limi (VC) ni ishlab chiqdi. Bo‘lim chipseti ustiga joylangan misli radiatordan boshlanadi. 

Korpusni ishlab chiqarishda Xiaomi qo‘sh grafit list, zanglamas po‘lat hamda to‘rlarda foydalangan. 

Redmi K50 Gaming smartfoni 120Hz ekran yangilanish hamda 480Hz sensorli namuna olish chastotasida ishlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Ekran Gorilla Glass Victus shishasi bilan himoyalangan. 

Qurilmaga 20MP Sony IMX596 sensori selfi kamera sifatida o‘rnatilgan bo‘lsa, 64MP Sony IMX686 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Shuningdek, asosiy kameraga qo‘shimcha 8MP ultrakeng hamda 2MP telemakro kameralari o‘rnatilgan. 

Smartfon 120 vattda quvvat oluvchi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega. Kompaniyaning ta’kidlashicha, to‘liq quvvatlanish uchun smartfon 17 daqiqa vaqt sarflaydi. Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Smartfonda Wi-Fi 6R va NFC bog‘lanishlari mavjud. 

Redmi K50 Gaming kumush, ko‘k, qora ranglarda, bundan tashqari, Mercedes AMG F1 maxsus versiyada taqdim etiladi. 

Qurilmaning narxi quyidagicha: 

8/128GB - 520 dollar

12/128GB - 568 dollar

12/256GB - 615 dollar 

Maxsus Mercedes AMG F1 modelining 12/256GB versiyasi esa 662 dollar narxda sotuvga chiqadi. Sotuv jarayonlari 18-fevraldan boshlanadi. Smartfon xalqaro bozorga sotuvga chiqishi haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Redmi 10 (2022) taqdim etildi 10 (2022) taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.