Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan ilk smartfon taqdim etildi

Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan ilk smartfon taqdim etildi

Motorola kompaniyasi kecha Edge X30 hamda ekranosti selfi kamera bilan jihozlangan Edge X30 Special Edition smartfonlarini taqdim etdi. 

O‘QING: To‘rtta vivo smartfonlariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Ikki smartfon texnik jihatlari bo‘yicha bir-biriga o‘xshab ketadi. 

Ushbu qurilmalardan tashqari, kompaniya, shuningdek, Snapdragon 888+ chipi bilan jihozlangan Motorola Edge S30'ni ham taqdim etdi. 

Motorola X30 

Motorola Edge X30 smartfoni 6.7 dyuymli FullHD+ OLED displeyi bilan jihozlangan. Displey 144Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Selfi kamera rezolyutsiyasi 60 megapiksel bo‘lib, u displey yuqori qismining o‘rtasidan o‘rin olgan. 

X30 Special Edition ham xuddi shu turdagi displey bilan jihozlangan, biroq unga oddiy modelda farqli o‘laroq ekranosti selfi kamera o‘rnatilgan. 

Smartfonlarning displeyi standart ravishda 10bit rang hamda HDR+ kontentlarini taqdim etadi. 

X30 smartfonlariga o‘rnatilgan Snapdragon 8 Gen1 chipi avvalgi Snapdragon 888+ chipiga qaraganda 20% yuqori CPU samaradorligi, 30% GPU samaradorligi hamda 400% sun’iy intellekt samaradorligini taqdim etadi. Ushbu raqamlar Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etilyotganda Qualcomm aytib o‘tgan ma’lumotlarga mos keladi. 

Shuningdek, Motorola kompaniyasi X30 qurilmasini AnTuTu benchmarkida sinab ko‘rdi. LPDDR5 tezkor xotira hamda UFS 3.1 doimiy xotiraga ega bo‘lgan smartfon 1,061,361 ballni qo‘lga kiritdi. Bu hozirda AnTuTu'dagi eng yuqori ko‘rsatkich. 

Kamera haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, smartfonga asosiy kamera sifatida OmniVision'ning 50MP va 1/1.55 dyuymli OV50A sensori o‘rnatilgan. Sensor 2.0 μm piksel kattaligi hamda optik surat barqarorlashtirgichiga ega. 

Ultrakeng kamera esa 50MP ISOCELL S5KGM1 sensori bilan jihozlangan. Bundan tashqari, qurilmada portret suratlar uchun 2MP sath kamera mavjud. Asosiy kamera orqali 8K formatda video yozish mumkin. 

Edge X30 smartfoni 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, uni 68 vattda quvvatlash mumkin. Qurilma Android 12 operatsion tizimida ishlaydi. 

Motorola Edge X30'ning narxlari quyidagicha: 

Motorola Edge X30 (8/128GB) - 501 dollar

Motorola Edge X30 (8/256GB) - 532 dollar

Motorola Edge X30 (12/256GB) - 564 dollar

Motorola Edge X30 Special Edition - 627 dollar 

Motorola Edge S30 

Snapdragon 8 Gen1 chipi taqdim etilgani bu - avvalgi Snapdragon 888+ sekinlashib qoldi degani emas. Motorola S30 aynan ushbu chip bilan jihozlangan. Shuningdek, smartfonga 144Hz chastotada ishlovchi 6.8 dyuymli FullHD+ LCD displeyi o‘rnatilgan. 

Orqa paneldagi kamera modulidan 108MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda 2MP sath kamera o‘rin olgan. Selfi kamera rezolyutsiyasi esa 16 megapikselni tashkil qiladi. 

Qurilma 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, uni 33 vattda quvvatlash mumkin. X30 smartfonlaridan farqli ravishda S30 gadjeti Android 11 operatsion tizimida ishlaydi. 

Smartfonning narxi quyidagicha:

Motorola Edge S30 (6/128GB) - 313 dollar

Motorola Edge S30 (12/256GB) 407 dollar 

Barcha smartfonlar 21 dekabrda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Tecno smartfon kameralarini yaxshilash uchun mashhur kompaniya bilan hamkorlik qiladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!