Snapdragon 8+ Gen1 chipigi raqobatchi tayyor

Snapdragon 8+ Gen1 chipigi raqobatchi tayyor

MediaTek kompaniyasi yangi chipsetni taqdim etdi. Kompaniya Dimensity 9000 chipini takomillashtirgan holda uning Plus versiyasini ishlab chiqdi. 

Dimensity 9000+ chipining CPU unumdorligi 5%, GPU unumdorligi esa 10% ga oshdi. Shuningdek, chipning tasvir signalini qayta ishlash birligi va 5G modemi ham takomillashdi.  

Dimensity 9000+ chipidagi Cortex-X2 yadroning ishlash tezligi 3.05 gigagertsdan 3.2 gigagertsga oshdi. Chip hali ham 1+3+4 yadrolar tuzilishida bo‘lib, undan uchta Cortex-A710 va to‘rtta Cortex-A510 yadrolari o‘rin olgan. O‘z navbatida Mali-G710 MC10 grafik protsessorining unumdorlik darajasi yaxshilandi. 

Imagiq 790 texnologiyasi bir vaqtning o‘zida uchta kameradan 18-bitli HDR video olish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari, u 320MP gacha bo‘lgan harakatsiz tasvirlarni qo‘llab-quvvatlaydi va soniyasiga 9 gigapikselni qayta ishlashga qodir.  

Chip Wi-Fi 6E va Bluetooth 5.3 simsiz bog‘lashlariga ega, shuningdek, undagi MiraVision 790 texnologiyasi 144 gertsli WFHD+ va 180 gertsli FHD displey, qo‘shimcha sifatida, HDR video uchun 4K 60fps formatgacha bo‘lgan Wi-Fi displeyni qo‘llab-quvvatlaydi.

Dimensity 9000+ chipi shu yilning uchinchi choragida smartfonlarga o‘rnatila boshlaydi.

O‘QING: realme kompaniyasi 100 dollarlik smartfonni taqdim etdi