Snapdragon 8 Gen1+ chipining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Snapdragon 8 Gen1+ chipining taxminiy taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Qualcomm kompaniyasi yaqin orada o‘zining Snapdragon 8 Gen1+ chipini taqdim etishi kutilmoqda. Digital Chat Station insayderi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, taqdimot kelasi hafta o‘tkazilishi mumkin. 

Avvalroq chipining taqdimoti shu yilning ikkinchi yiliga ko‘chirilgani aytilgan edi. Biroq yangi xabarlarda taqdimot kelasi haftada, aniqrog‘i 20 mayda bo‘lishi aytilmoqda. Shu bilan bir qatorda o‘sha kuni yana bir flagman chip Snapdragon 7 Gen1 chipi ham e’lon qilinadi. 

Agar ushbu mish-mishlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, yaqin orada so‘nggi Snapdragon chipiga ega bo‘lgan smartfonlarni ham taqdim etish boshlanadi. 

Snapdragon 8 Gen1 va Gen1+ chiplarining farqi ularning GPU qismida bo‘lishi kutilmoqda. Yangi chip bitta 3 gigagertsli Cortex-X2, uchta Cortex-A710 va to‘rtta Cortex-A510 yadrolariga ega. Demak, CPU jihatidan yangi chipda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Motorola birinchilardan bo‘lib ushbu chipni o‘zining Edge X30 smartfoniga o‘rnatadi. 

O‘QING: Galaxy Z Fold 4 sifatli renderlarda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.