Snapdragon 8+ Gen1 chipli ikkita o‘yinbop smartfon taqdim etildi

Snapdragon 8+ Gen1 chipli ikkita o‘yinbop smartfon taqdim etildi

Shu yilning fevral oyida Red Magic 7 seriyasi taqdim etilgan edi. Endi ZTE kompaniyasi yangi Qualcomm chipiga ega bo‘lgan Red Magic 7S va 7S Pro modellarini taqdim etdi. 

Ikkala model ham Snapdragon 8+ Gen1 chipi bilan jihozlangan. Shuningdek, chipni optimal haroratda ushlab turish hamda quvvatlash vaqtida qurilmani qizib ketishini oldini olish uchun ikkala smartfonga sovutish parraklari o‘rnatildi. 

Red Magic 7S modeli 8/12/16GB LPDDR5 tezkor xotira va 128/256/512GB UFS 3.1 doimiy xotiraga ega bo‘lsa, Pro model 12/16/18GB tezkor hamda 256/512GB/1TB doimiy xotiraga ega. 

Oddiy model 120 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma qutisida 165 vattlik quvvatlash adapteri bo‘lib, u bilan boshqa qurilmalarni quvvatlasa ham bo‘ladi. Ammo smartfonni o‘zi maksimal 120 vattda zaryadlanadi.

Pro model esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lib, u 135 vattda quvvat oladi. Qurilma 5 daqiqada 50% gacha quvvat oladi, to‘liq quvvatlanish uchun esa 15 daqiqa vaqt sarflaydi. Quvvlash vaqtida sovutish tizimi smartfon haroratini nazorat qilib boradi. 

Smartfonlarni sovutish haqida gapiradigan bo‘lsak, Red Magic 7S modeli 9 qatlamli, 7S Pro esa 10 qatlamli sovutish tizimiga ega. Sovutish tizimiga havo bosimini oshirib, shovqinni kamaytiradigan parrak ham kiradi. 

Ikki smartfon avvalgi modellar kabi 1,080 x 2,400 rezolyutsiyadagi 6.8 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Oddiy 7S modelining displeyi 165 gerts ekran yangilanish chastotasi hamda 720 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. 7S Pro modelida yangilanish chastota 120 gerts, sensorli namuna olish chastota esa 960 gerts. 

Pro model, shuningdek, yangi texnologiya sanaladigan 8MP ekranosti selfi kamera bilan jihozlangan. Oddiy modelda esa selfi kamera displey ramkasining yuqori qismidan o‘rin olgan. Ikkala modelning orqa panelida 64MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makro kameralar joylashgan. 

Red Magic 7S seriyasida o‘yin ishqibozlari kutgan bir necha muhim funksiyalar mavjud. Bunga 3.5 mm audio jek, triggerlar, RGB chiroqlarini misol qilib keltirish mumkin. Bundan tashqari, Red Magic 7S'ning shaffof orqa panelga ega bo‘lgan versiyasi sotuvga chiqadi. Pro modelning orqa panelida esa RGB chiroq elementlari mavjud. 

Ikkila modelga ham kechadan Xitoyda oldindan buyurtma berish boshlangan. Smartfonlar 15 iyuldan sotuvga chiqadi. Ularning narxi quyidagicha:

Red Magic 7S

8/128GB - 600 dollar

12/256GB - 715 dollar

12/256GB Deuterium Transparent versiya - 730 dollar

16/512GB Deuterium Transparent versiya - 820 dollar

Red Magic 7S modelining 12/256GB versiyasi 775 dollar narxda sotuvga qo‘yilgan. Deuterium Transparent versiya uchun qo‘shimcha 15 dollar to‘lash kerak bo‘ladi. 16/512GB xotirali versiya faqat Deuterium Transparent versiyada bo‘ladi xolos. 18GB/1TB xotiraga ega model esa keyinchalik sotuvga chiqadi. 

Red Magic 7 Pro tez orada xalqaro bozorda ham sotuvga chiqadi. Oddiy model katta ehtimol bilan faqat Xitoyda sotiladi xolos. Avvalroq Red Magic 7 seriyasi ham Xitoyda sotuvga chiqqandan bir necha oy o‘tib xalqaro bozor uchun taqdim etilgan edi. 

O‘QING: Galaxy S23 seriyasi endi ikki xil chipda taqdim etilmaydi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!