Snapdragon 8 Gen2 chipi qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Snapdragon 8 Gen2 chipi qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Qualcomm kompaniyasi kecha smart soatlar uchun Snapdragon W5 va W5+ chilarini taqdim etdi. Kompaniya, shuningdek, keyingi Snapdragon taqdimoti qachon bo‘lishiga oydinlik kiritdi.

Eng katta taqdimot har yili Gavayida bo‘lib o‘tadi va bu yil ham xuddi shunday bo‘ladi. Doim dekabr oyida bo‘ladigan tadbir bu yili noyabr oyining 15-17 sanalarida bo‘lib o‘tadi. 

Taqdimotda Qualcomm'ning eng so‘nggi va eng kuchli mobil chipseti taqdim etiladi. Gap albatta Snapdragon 8 Gen2 chipi haqida ketmoqda. Ushbu chipdan tashqari kompaniya yana bir boshqa chipsetlarni taqdim etadi. 

Qualcomm nima uchun Snapdragon sammitini 2022 yil noyabriga ko‘chirganini aniq aytmagan bo‘lsa-da, ehtimol bu Xitoyda bo‘lib o‘tadigan yangi yil bayrami bilan bog‘liq. Bu vaqtda smartfonlar savdosida katta o‘sish kuzatiladi. O‘z navbatida smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining eng so‘nggi flagmanlarini yangi chipsetlar bilan jihozlanishini xohlaydilar. 

Yetkazib berish vaqtini qisqartirish maqsadida Qualcomm yangi chipsetni oldinroq taqdim etishni rejalashtirgan bo‘lishi mumkin. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra'ning ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadi Samsung bitta smartfondan voz kechadi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!