Snapdragon 8 Gen2 chipli smartfon Geekbench'da qo‘lga tushdi

Snapdragon 8 Gen2 chipli smartfon Geekbench'da qo‘lga tushdi

Oxirgi vaqtlarda internet sahifalarida mish-mishlardan tushmayotgan iQOO 11 smartfoni Geekbench testida paydo bo‘ldi. Geekbench qurilma 12GB tezkor xotira hamda Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlanganligini ko‘rsatib berdi. 

Test natijalariga ko‘ra, smartfon bir yadroli testda 1451 ball, ko‘p yadroli testda esa 4681 ballni qo‘lga kiritdi. Bu avvalroq Geekbench'da testdan o‘tgan Snapdragon 8 Gen2 chipli qurilmalarning natijasi bilan deyarli bir xil. 

Geekbench, shuningdek iQOO 11 modeli Android 13 operatsion tizimida ishlashi haqida ma’lumot berdi. Mish-mishlarga qaraganda samrtfon 144 gertsda ishlovchi 6.78 dyuymli AMOLED displeyi hamda 100 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Dimensity 9200 uchun munosib raqib: Snapdragon 8 Gen 2 qachon chiqarilishi ma’lum bo‘ldi. 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!