Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

  •   DiMaX
  •  1273
  •  15.11.2018 14:29

Snapdragon 8150 flagman protsessori AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

Qualcomm kompaniyasi o‘zining navbatdagi – Snapdragon 8150 flagman chipini tayyorlaganidan xabaringiz bor. Hozircha rasman taqdim etilmagan ushbu protsessor samaradorligini avvalroq benchmarkda tekshirib ham ko‘rishgandi.

O‘QING: Geekbench’da keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini tekshirib ko‘rishdi!

O‘shanda ta’kidlaganimizdek, bu testlarda Snapdragon 8150 maksimal takt chastotasida ishlatib ko‘rilganligi noma’lum. Bundan tashqari, mazkur sinovda Snapdragon chipsetining asosiy afzalligi – Adreno grafik protsessori faoliyati ham aks etmagan.

Shundan so‘ng mazkur protsessor Geekbench servisida yana bir bor testdan o‘tkazilgan. Bunda ushbu chip Android 9.0 operatsion tizimi boshqaruvi ostida, 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ishlovchi qurilma tarkibida tekshirilgan. Unda Snapdragon 8150 yakka yadroli sinovda 3 281 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 11 023 ball olib, Qualcomm rekordini yangilagan:

Shuningdek, bu protsessor samaradorligi AnTuTu benchmarkida ham sinab ko‘rildi va kutilganidan ham ortiq natija ko‘rsatdi. U avvalgi rekordsmen – Huawei Kirin 980 chipini tor-mor qildi!

O‘QING: Huawei bayonot beradi: uning Kirin 980 chipi Apple A12 Bionic chipidan kuchli

Aytish kerakki, AnTuTu’da sinalgan qurilma hali biror modeldagi smartfon emas, balki muhandislik namunasi bo‘lib, MSMNile deb nomlangan. Bundagi MSM qismi – Qualcomm chiplarining an’anaviy belgisi, Nile esa – Snapdragon 8150 modelining kodli nomi bo‘lsa kerak.

AnTuTu’da qayd etilganidek, ushbu protsessor boshqa yakka kristalli tizimlarning 99 foizidan ustun kelgan. Snapdragon 8150 ushbu sinovda 362 000 ball bilan mutlaq rekord o‘rnatgan. Taqqoslash uchun aytib o‘tsak: mazkur benchmarkda Kirin 980 va Snapdragon 845 chiplari tegishlicha 310 000 hamda 300 000 ball olgan.

Darvoqe, Qualcomm hali rasman taqdim etmagan ushbu Snapdragon 8150 protsessorli inqilobiy smartfon allaqachon bozorga ham chiqqan!

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!