Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

  •   DiMaX
  •  1878
  •  10.04.2019 10:22

Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

Xiaomi kompaniyasining Redmi brendi zamonamizning eng qudratli Android-protsessori – Snapdragon 855 bazasida hamyonbop smartfon chiqarishi haqida anchadan beri xabarlar tarqalgan. Shu oy boshida korporatsiya rahbari o‘sha model bilan «qo‘lga tushgan», keyin uning Redmi Pro 2 deb nomlanishi aytilgan.

O‘QING: Snapdragon 855 protsessorli Redmi Pro 2 flagmani «jonli» rasmlarda: Mi 9 kabi «uchko‘z», faqat old kamerasi korpusdan chiqadi!

Ammo Redmi rahbari Lyu Veybing (Lu Weibing) mazkur flagmanning old kamerasi korpus ichidan chiqishi haqidagi xabarlarni inkor qilgan, ammo uning nomiga aniqlik kiritmagan. Kecha esa «Redmi 855» nomli smartfonning «jonli» videosi internetga chiqarilgan. Nomiga qaraganda, bu o‘sha – Snapdragon 855 chipli model bo‘lishi kerak, uning old kamerasi ekrandagi «tirqish»ga joylanganligi ham Lyu Veybing gaplarini tasdiqlaydi:

Selfi-kamera uchun displeyning yuqori qismi o‘rtasidan «teshik» ochish – uning uchun korpusdan chiquvchi alohida mexanizm joriy etishdan ko‘ra arzonroq yechim. Redmi brendi o‘zi hamyonbop smartfonlar taqdim etishini inobatga olsak, buni tushunsa bo‘ladi.

Shuningdek, barmoq izi datchigi ham orqa panelda – uni displeyga integratsiya qilish Redmi uchun qimmatga tushgan bo‘lardi. Qurilmaning bosh kamerasi esa chindan ham uchta modulni o‘z ichiga olgan.

O‘QING: Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.