Snapdragon 855 chipli Redmi Pro 2 suratda: daktiloskopli displey, uch modulli asosiy va korpusdan chiquvchi old kamera!

  •   DiMaX
  •  1075
  •  04.04.2019 12:34

Snapdragon 855 chipli Redmi Pro 2 suratda: daktiloskopli displey, uch modulli asosiy va korpusdan chiquvchi old kamera!

Redmi brendi eng ilg‘or Android-protsessor – Snapdragon 855 bazasida hamyonbop smartfon tayyorlayotgani haqida ko‘plab ma’lumotlar tarqalmoqda. So‘nggi mish-mishlarga qaraganda, bu – Redmi Pro 2 flagmani bo‘ladi.

O‘QING: «Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Shuningdek, ushbu smartfonning old kamerasi korpusning ichidan – yuqori qirrasidan chiqadigan bo‘ladi. Xitoy manbalaridan biri Redmi Pro 2’ning render suratini e’lon qildi – unda mazkur flagman dizaynining asosiy xususiyati aks ettirilgan:

Agarda ushbu ma’lumot rost bo‘lib chiqsa, u holda Redmi Pro 2 modeli «xitoycha Apple»ning korpusdan chiquvchi kameraga ega ilk smartfoni bo‘ladi. Yuqoridagi rasmda yozilganiga qaraganda, uning optik moduli 48 megapiksellik aniqlikda selfilar olishga imkon beradi.

Redmi Pro 2 smartfonining o‘ziga xosliklaridan yana biri – uning xuddi Mi 9 (xarid qilish) flagmanidagi singari uch modulli bosh kameraga ega ekanligidir. Shuningdek, yangi subbrendning flagmanida ham, Xiaomi’ning Mi 9 hamda Mi 8 Pro (sotib olish) modellaridagi kabi, barmoq izi skaneri displeyning o‘ziga tatbiq etiladi.

O‘QING: Terashop.uz’ga yoshlarbop Mi Play ham keldi! Xiaomi smartfonlarining arzonlashgan narxlari bilan tanishing! (2019 yil 3 aprel)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!