Snapdragon 855 Plus chipli ilk smartfon Geekbench’da raqiblarini yakson qildi! (+«jonli» rasmlari va narxi)

  •   DiMaX
  •  2583
  •  17.07.2019 16:16

Snapdragon 855 Plus chipli ilk smartfon Geekbench’da raqiblarini yakson qildi! (+«jonli» rasmlari va narxi)

Qualcomm kompaniyasi kuni kecha o‘zining yangilangan talqindagi – Snapdragon 855 Plus rusumli flagman protsessori anonsini bergan edi. Allaqachon uning bazasida flagman modellarini chiqaruvchi smartfonsozlar ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

Asus kompaniyasining o‘yinbop ROG Phone 2 flagmani Snapdragon 855 Plus protsessorli birinchi smartfon bo‘lishi va uning 23 iyulda taqdim etilishi ham ma’lum. Kecha ushbu geymerofonni Geekbench servisida tekshirib ko‘rishgan va natijalar hayratlanarli!

Guvohi bo‘layotganingizdek, benchmarkda I0001DC kodli nomi ostida tekshiruvdan o‘tgan Asus ROG Phone 2 yakka yadroli sinovda 3616 ball, barcha yadrolarini ishlatganida esa 11103 ball olgan! Tabiiyki, bunda Snapdragon 855 Plus chipsetining xizmati katta.

O‘QING: TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Yangi o‘yinbop smartfonning Geekbench’dagi natijalarini raqobatchilarning flagmanlari ko‘rsatgan natijalar bilan taqqoslaymiz. Mana, barcha yadrolarni qo‘llagan holdagi tekshiruvlar natijalari:

ROG Phone 2 ko‘p yadroli sinovda Android tizimli barcha raqiblarini «yer tishlatgani»ni ko‘rib turibmiz. Faqatgina kupertinoliklarning iPhone XS Max flagmani undan yuqori ball olgan, ammo turli operatsion tizimlardagi smartfonlarning samaradorligi har xil usullarda hisoblanishini avvalroq benchmark xodimlari aytishgan:

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Yakka yadroli testda esa, iPhone XS Max modelidan tashqari, Samsung Galaxy S10+ flagmani ham Asus ROG Phone 2 modelidan yuqoriroq ball olgan:

Shunga qaramasdan, kuzatuvchilar Asus ushbu flagmanini hali taqdimotgacha ham takomillashtirishi mumkinligini aytishmoqda. Yakuniy variantda u janubiy koreyaliklarning Galaxy S10+ modelini ham butkul ortda qoldirishini kutish mumkin.

O‘QING: AnTuTu smartfonlarning o‘rtacha samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha TOP-o‘nligini e’lon qildi (2019 yil iyul)

Shuningdek, insayderlar Asus ROG Phone 2 flagmanining «jonli» suratlarini ham tarqatishgan:

Bulardan tashqari, ikkinchi avlod ROG Phone’ning tezkor xotirasi 12 gigabaytlik, operatsion tizimi esa Android 9 bo‘lishini ham aytishgan. Hatto uning narxi ham ma’lum – Asus uning uchun taxminan 650 AQSh dollari so‘raydi.

Bu ma’lumotlarning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishini bir hafta ichida bilib olamiz, Terabayt.uz’ni kuzatishda davom eting!

O‘QING: TOP-10: Uyali aloqa signalini eng yaxshi tutuvchi smartfonlar (2019 yil iyul)