Snapdragon 855 protsessorli Redmi Pro 2 flagmani «jonli» rasmlarda: Mi 9 kabi «uchko‘z», faqat old kamerasi korpusdan chiqadi!

  •   DiMaX
  •  2316
  •  06.04.2019 09:50

Snapdragon 855 protsessorli Redmi Pro 2 flagmani «jonli» rasmlarda: Mi 9 kabi «uchko‘z», faqat old kamerasi korpusdan chiqadi!

Xiaomi kompaniyasi arzon smartfonlar turkumini mustaqil Redmi brendi sifatida ajratgach, bir necha modellarda yangi qurilmalar taqdim etdi. Lekin asosiy taqdimot hali oldinda – ushbu brendning flagmani zamonamizning eng kuchli Android-protsessori bilan jihozlanadi!

O‘QING: «Jonli» foto: Xiaomi rahbari Snapdragon 855 chipli Redmi flagmani bilan «qo‘lga tushdi»!

Bozorga Redmi Pro 2 nomi bilan taqdim etilishi kutilayotgan ushbu flagmanning asosiy o‘ziga xosligi – selfi-kameraning korpus ichidan chiqadigan bo‘lishidir. Insayderlar tarqatgan yangi «jonli» rasmlar ushbu xususiyatni tasdiqladi:

Shuningdek, orqa panelda Xiaomi Mi 9 flagmanidagi kabi uch modulli kameraga ham ko‘zimiz tushadi, lekin ularning aniqlik darajasi hamyonbop smartfonlar darajasida bo‘lsa kerak.

O‘QING: Snapdragon 855 chipli Redmi Pro 2 suratda: daktiloskopli displey, uch modulli asosiy va korpusdan chiquvchi old kamera!

Old kamera korpusdan chiqadigan bo‘lishi evaziga ushbu devaysning old yuzasi to‘liq ekrandan iborat bo‘lmoqda. Demak, mazkur model hech qanday «tirqish» yoki «kemtik»siz displeyli ilk Xiaomi smartfoni bo‘lmoqda (Mi Mix 3’ni hisobga olmaganda, albatta, lekin u slayder form-faktoriga ega).

Navbatdagi «jonli» surat ham buni yaqqol isbotlab turibdi:

Displeyning pastki qismidagi belgi esa barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga tatbiq etilganligidan dalolatdir. Shunga ko‘ra, Redmi Pro 2 modelining ekranida OLED yoki AMOLED panel qo‘llanadi.

O‘QING: Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.