Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1809
  •  18.12.2018 16:22

Snapdragon 855 va 12/512 GBgacha xotirali ilk smartfon – atigi 390 dollardan boshlanuvchi Lenovo Z5 Pro GT taqdim etildi!

Xitoylik kompaniya joriy yilning noyabrida o‘zining Lenovo Z5 Pro rusumli flagman smartfonini taqdim etgandi. Bu – imkoniyatlari va narxi mutanosibligiga ko‘ra Xiaomi va Huawei’ning flagmanlaridan o‘zib ketgan eng arzon smartfon-slayder bo‘lgandi.

O‘QING: Mi Mix 3 va Honor Magic 2’ga o‘xshash, lekin atigi 288 dollarlik Lenovo Z5 Pro rekord o‘rnatdi!

Bugun – 2018 yilning 18 dekabrida bu kompaniya ushbu modelning yangilangan versiyasi – Lenovo Z5 Pro GT modelini taqdim etdi. U ham slayder form-faktoriga, old panelning 95.06 foiz yuzasini egallovchi 6.39 dyuymlik romsiz AMOLED-displeyga ega.

Ushbu devaysning asosiy o‘ziga xosligi – hali yaqindagina rasman namoyish etilgan flagman protsessor – 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslangan Snapdragon 855 bazasida ishlashidir. Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Lenovo Z5 Pro GT flagmani Antutu benchmarki sinovida 368 480 ball oladi.

Bu esa ayni damgacha bozorga taqdim etilgan barcha mobil qurilmalar, jumladan, so‘nggi rusumlardagi iPhone’lar ko‘rsatgan natijadan ham ortiq!

O‘QING: AnTuTu reytingi: 2018 yil dekabrgacha eng zo‘r Android-smartfonlar!

Lenovo Z5 Pro GT modeli  6/8 gigabaytlik tezkor va 128/256 gigabaytlik doimiy xotiraga ega konfiguratsiyalarda chiqarilmoqda. Bulardan tashqari, flaganning rekord hajmdagi – 12 gigabayt hajmli, LPDDR4x turidagi tezkor xotira hamda naq 512 gigabaytlik ichki xotiraga ega varianti ham sotuvga chiqadi.

Yangilangan flagman boshqa jihatlaridan noyabrda namoyish qilingan oddiy Lenovo Z5 Pro modelidan farq qilmaydi. Uning ham barmoq izi skaneri ekranida, asosiy kamerasi 24+16 megapiksellik qo‘sh sensorli. Smartfon 3350 mA/soatlik akkumulyator, USB-C porti va NFC-modul bilan jihozlangan.

Rekordchi flagman – Lenovo Z5 Pro GT slayderi Xitoyda kelasi yilning 24 yanvaridan savdoga qo‘yiladi. Uning boshlang‘ich versiyasi narxi taxminan 390 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi, eng ilg‘or variantdagisi esa 580 dollarga tushadi.

O‘QING: «Aldoqchi» Lenovo Z5 baribir rekord o‘rnatdi! Endi Mi 8 va Honor Play’ning ahvolini ko‘ring...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!