Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1873
  •  27.10.2020 13:46

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagman – Redmi K30S taqdim etildi!

Xiaomi koproratsiyasi bugun – 27 oktyabr kuni o‘zining arzonchi brendi ostida Redmi K30S smartfonini rasman namoyish qildi. Bu o‘sha – nisbatan oldingi xabarlarda Redmi K30T nomi bilan chiqishi aytilgan flagman telefondir.

O‘QING: Redmi 10X o‘ta arzonlashdi, chunki... tez kunlarda Redmi Note X chiqadi!

Kutilganidek, Redmi K30S butkul yangi smartfon bo‘lmasdan, avvalroq Yevropa bozoriga taqdim etgan flagman – Xiaomi Mi 10T modelining rebrending qilingan nusxasidir. Unda diagonaliga 6,67 dyuymlik o‘lchamdagi, IPS-matritsali displey qo‘llangan. Ekranda tasvir aniqligi FHD+ formatida (2400x1080 piksellik), tasvir yangilanishi 30 gersdan 144 gersgacha birlikdagi yettita rejimga ega.

Umuman olganda, yangi smartfonning barcha xususiyatlari Xiaomi Mi 10T bilan bir xil va ular bilan mana bu xabarimizda tanishish mumkin. Hozir esa Redmi K30S flagmanining narxiga ahamiyat bersak arziydi, chunki u Qualcomm kompaniyasining eng kuchli protsessorlaridan biri – Snapdragon 865 bazasidagi eng arzon smartfon bo‘ldi.

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Aytish kerakki, shu paytgacha Snapdragon 865 protsessorli eng arzon smartfon – iQOO Neo 3 5G geymerofoni o‘z yurtida hozir 390 dollardan sotilmoqda. Vivo kompaniyasining o‘yinbop qurilmalarga moslashgan brendi taqdim etgan ushbu hamyonbop 5G-smartfonini «G‘alaba uchun tug‘ilgan» deya maqtalgan.

Xitoyda allaqachon Redmi K30S uchun oldindan buyurtma ochilgan, uning tezkor/ichki xotirasi 8/128 gigabaytlik varianti uchun taxminan 340 AQSh dollariga, 8/256 gigabaytligi uchun esa 370 dollarga teng narx belgilangan.

O‘QING: 1 noyabrgacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlarini arzonroq va sovg‘asi bilan olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!