Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

  •   DiMaX
  •  2679
  •  27.03.2020 10:47

Snapdragon 865 chipli eng arzon flagmanlar sotuvga chiqiboq rekord qo‘ydi – bulardan yaxshisi bu yil bo‘lmaydi!

Xiaomi kompaniyasi 24 mart kuni Xitoyda onlayn taqdimot marosimini o‘tkazgan edi. Unda bir qator gadjetlar namoyish etilgan bo‘lsa-da, eng asosiysi – Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlari bo‘lgan.

O‘QING: Qarshi oling: naq 98 dyuymli Redmi Max 98 gigant televizori taqdim qilindi

Aytish kerakki, Redmi K30 Pro modeli hozirda eng kuchli bo‘lib turgan Android-protsessorga, ya’ni Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasiga ega bo‘lgan eng arzon smartfondir. Taniqli tahlilchi Pan Szyutan (Pan Jiutang) ta’kidlashicha, joriy yilda birorta ham smartfonsoz ushbu modeldan arzonroq va yaxshiroq telefon taklif qila olmaydi.

Bugun – 27 mart kuni Xitoyda ushbu ikki smartfonning onlayn savdosi boshlandi, narxlari esa AQSh dollariga o‘girganda taxminan quyidagicha:

Redmi K30 Pro 6/128 GB – $423

Redmi K30 Pro 8/128 GB – $480

Redmi K30 Pro 8/256 GB – $522

Redmi K30 Pro Zoom Edition 8/128 GB – $535

Redmi K30 Pro Zoom Edition 8/256 GB – $564

Qizig‘i shundaki, savdo boshlanishi bilanoq Redmi uning tugaganini ham e’lon qildi. Ya’ni, smartfonlarning birinchi partiyasi 30 soniyadayoq sotilib bo‘lgan!

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Redmi K30 Pro hamda Redmi K30 Pro Zoom Edition flagmanlarining ilk partiyasi savdosi hajmi 14 million dollarni tashkil etgan. Afsuski, bu modellarning tashqi bozorga chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Lekin...

O‘QING: Xiaomi’ning uzoq kutilgan flagmani shunchaki klon bo‘lib chiqdi!