Snapdragon 865 chipli eng kuchli flagman TENAA’da: akkumulyatori ham baquvvat ekan!

  •   DiMaX
  •  798
  •  15.06.2020 17:25

Snapdragon 865 chipli eng kuchli flagman TENAA’da: akkumulyatori ham baquvvat ekan!

Asus kompaniyasi 2018 yilning iyunida o‘zining ROG Phone nomli ilk o‘yinbop smartfonini taqdim etgan. O‘tgan yilning iyulida chiqqan ikkinchi avlod – ROG Phone II (ROG Phone 2) geymerofoni esa hozirgacha eng zo‘r smartfonlar reytinglaridan tushmay kelayotir.

O‘QING: Yer yuzidagi eng tezkor smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil may)

Endi esa ROG Phone 3 ham tayyor bo‘lgan – yaqinda uni Geekbench servisida sinab ko‘rishgan edi. Endi esa TENAA regulyatorining ma’lumotlar bazasi uning asosiy xususiyatlarini oshkor etdi.

Regulyatorning ko‘rsatishicha, Asus ROG Phone 3 diagonaliga 6,59 dyuymlik displeyga va 5800 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Uning korpusi o‘lchamlari esa 171x78x9,85 millimetrni tashkil etadi.

O‘QING: 2019 yilning eng sara sakkizta smartfoni (IGN versiyasi)

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, ROG Phone 2 gabariti 171x77,6x9,48 millimetrlik bo‘lib, ekrani o‘lchami ham mana shunday. Uning batareyasi 6000 mA/soatlik; aftidan, yangi modelning texnik xususiyatlarida ham akkumulyator tok sig‘imi mana shunday aks ettirilsa kerak.

Uchinchi avlod ROG Phone geymerofoni hozirdagi eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 865 bazasiga quriladi. Bundan tashqari, Asus uning uchun yangi, g‘ayrioddiy aksessuarlar ham taqdim etishi yoki hozirgilari unga muvofiq kelishi mumkin.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.