Snapdragon 865 protsessorli birinchi 5G-flagman bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  1050
  •  04.12.2019 12:44

Snapdragon 865 protsessorli birinchi 5G-flagman bilan tanishing!

Kecha xabar qilganimizdek, Qualcomm kompaniyasi Gavay orollarida Snapdragon Technology Summit nomli rasmiy taqdimot tadbirini o‘tkazdi. Ushbu marosimda Snapdragon 865 flagman protsessori hamda o‘rta narxli 5G-smartfonlarga mo‘ljallangan Snapdragon 765G chipseti namoyish etildi.

O‘QING: Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

10 dekabrda taqdim etilishi kutilayotgan Redmi K30 flagmani ayni shu Snapdragon 765G platformasiga tayangan dunyodagi birinchi smartfon bo‘lyapti. Biroq keyingi paytlarda ancha faollashib ketgan Xiaomi bu bilan ham cheklanib qolmasdan, eng zo‘r Android-protsessorga ega flagmanniyam barchadan burun e’lon qildi!

Snapdragon Technology Summit’da ishtirok etayotgan «Xitoycha Apple» prezidenti Lin Bin (Lin Bin) so‘zga chiqib, kompaniyaning Xiaomi Mi 10 flagmani Snapdragon 865 chipsetiga asoslangan dastlabki smartfonlardan biri bo‘lishini aytdi.

O‘QING: «Undan nimam kam!?» – Xiaomi ham 140 dollarlik 5G-smartfonlar va’da qilyapti

Shu bilan birga, Lin Bin bo‘lajak flagmanning bosh kamerasiga oid ayrim ma’lumotlarni ham rasman tasdiqladi. Quyidagi suratda, uning orqasidagi plakatda aks etishicha, Xiaomi Mi 10 flagmanining kamerasi ham Xiaomi Mi Note 10 modelidagi singari 108 megapiksellik asosiy sensorga hamda besh karralik optik zumga ega.

Xiaomi Mi 10 kelasi yilning birinchi choragida dunyo yuzini ko‘radi. Aftidan, uni 24–27 fevral kunlari Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2020 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etishsa kerak.

Kelasi haftada esa Redmi K30 rusumli 5G-flagmandan tashqari, Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri ko‘rsatilishi, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Xiaomi eng ommabop flagmanini endi ishlab chiqarmaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!