Snapdragon 865 protsessorli ilk smartfon rasman taqdim etildi, lekin uni kim chiqardi?

  •   DiMaX
  •  1592
  •  19.10.2019 10:11

Snapdragon 865 protsessorli ilk smartfon rasman taqdim etildi, lekin uni kim chiqardi?

Kuni kecha biz Snapdragon 865 platformasi bazasidagi hali taqdim etilmagan Xiaomi flagmanining «jonli» rasmini e’lon qilgan edik. Biroq boshqa bir, unchalik tanilmagan xitoylik kompaniya undan avval ushbu chipset asosida smartfon namoyish qildi!

O‘QING: 5 nanometrlik Snapdragon 875 protsessori TSMC bilan hamkorlikda ishlab chiqariladi

Ushbu kompaniyaning nomi ham qiziq – u «8848» deb nomlanadi. Qualcomm Snapdragon 865 platformasiga asoslangan smartfon esa 8848 Titanium M6 5G modelidir. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashi nomidan ham ko‘rinib turgan bu qurilma hali keyingi yil savdoga chiqariladi.

8848 Titanium M6 5G diagonaliga 6,01 dyuymlik AMOLED-ekran, 12 gigabaytlik tezkor va naq 1 terabaytlik doimiy xotira bilan ta’minlangan.

O‘QING: Eng kuchli protsessorli, lekin atigi 280 dollarlik flagmanni qarshi olamiz!

Uning bosh kamerasi, garchi 64 megapiksellik datchikka ega bo‘lsa-da, interpolyasiya texnologiyasini qo‘llagan holda 100 megapiksellik aniqlikda suratga ola biladi.

Mazkur smartfon bilan birga kompaniya o‘zining «aqlli» yordamchi servisini ham taqdim etdi. Biroq bu – Google yoki Yandeks’dagi singari «sun’iy ong» emas, balki... qo‘ng‘iroqlarni qayta ishlash markazida o‘tiruvchi haqiqiy odamdir! Bu kabi personal yordamchilar, masalan, qimmatbaho avtomobillar ishlab chiqaruvchilarda bo‘ladi. Aftidan, «8848» kompaniyasi o‘z mijozlarini shunday «laksheri-servis» tashkil etishni ma’qul ko‘rishgandir. Uning an’anaviy ovozli yordamchilardan afzalligi bo‘ladimi-yo‘qmi – bunisi hali noma’lum, chunki servis ham kelasi yil ishga tushadi.

O‘QING: 1 noyabrgacha smartfon olishga ulguring, keyin IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish pulli bo‘lib, narxlar ham oshadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!