Snapdragon 865'da kutilgan yangilik!

Snapdragon 865'da kutilgan yangilik!

Kuni kecha taqdim qilingan Snapdragon 865 va 765 chiplari 2020 yilning yuqori va o‘rta toifaning yuqori sinfidagi qurilmalariga o‘rnatilishi kutilmoqda.

Yangi SoC'ning qator yangicha va o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bular qatoriga yangilasa bo‘ladigan grafik protsessori kiradi.

Qualcomm’ning aytishicha, S865'ning GPU drayverlarini Google Play Store orqali yangilash imkoni mavjud bo‘ladi. Bu, chip ishlashini yaxshilashning hozirgi yechimlardan ko‘ra ancha osonroq usuli hisoblanadi. Ayni damda, GPU drayverlari tizim yangilanishi tarkibiga kiritilgan bo‘ladi, ya’ni ular qurilmaga o‘rnatilishi uchun avval ishlab chiqaruvchi kompaniya tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.

Biroq "shahar bedarvoza emas", deganlaridek, yangilanishlar Play Store'ga joylanishidan oldin ham, smartfonsoz kompaniyalar tomonidan sinovdan o‘tkazilishi talab qilinadi.

Drayver yangilanishlari o‘yin va boshqa amaliyotlar "silliq" kechishini ta’minlab, o‘yinlarning o‘zidan-o‘zi o‘chib qolishining oldini oladi. Yangilanishlar bilan yangi grafik funksiyalari ham qurilmaga o‘rnatiladi.

Aytilishicha, Qualcomm'ning bunday qaroriga sabab Google'ning Android 10'da "Mainline" loyihasini joriy qilganlidir. Loyihaga ko‘ra, foydalanuvchilar xavfsizlik yangilanishlari va yangilangan tizim komponentlarini Play Store'dan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklab olishlari imkoni yaratiladi.

Biroq Android Ploice'ning xabar berishicha, Play Store orqali GPU drayverlarni faqat yangi Qualcomm chiplariga yuklash mumkin bo‘ladi; ushbu jihat eski SoC'larda qo‘llab-quvvatlanmaydi.

O‘QING: Snapdragon 865 protsessorli birinchi 5G-flagman bilan tanishing!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!