Snapdragon 870 chipi va 144Hz displeyli iQOO Neo5 Lite smartfoni taqdim qilindi

Snapdragon 870 chipi va 144Hz displeyli iQOO Neo5 Lite smartfoni taqdim qilindi

vivo kompaniyasi mart oyida iQOO Neo5 smartfonini taqdim etgan edi, endi esa ushbu modelning arzonroq talqini — iQOO Neo5 Lite olam yuzini ko‘rdi.

O‘QING: vivo V21 seriya smartfonlari taqdim qilindi

Neo5 singari Lite versiya model ham Snapdragon 870 chipida, Android 11 bazasidagi OriginOS tizimida ishlaydi, 16MP selfi kamera bilan jihozlangan. Ikkala model o‘rtasida boshqa o‘xshashlik yo‘q.

iQOO Neo5 Lite 6.57" FullHD+ 144Hz LCD panelga egaligi bois barmoq izi skaneri yon tomonga o‘rnatilgan; standart Neo5 esa 120Hz AMOLED displeyga ega va bunda barmoq izi skaneri ekran ostida joylashgan.

Modellar o‘rtasidagi yana bir tafovut akkumulyator borasida ko‘rinadi. Neo5 4,400 mAs akkumulyatorga ega bo‘lib, 66 vattda quvvat olsa, Lite talqin 4,500 mAs sig‘imli 44 vattda zaryadlanuvchi akkumulyator bilan jihozlangan. vivo'ning ta’kidlashicha, yangi smartfon 30 daqiqada 70% zaryad yig‘adi.

iQOO Neo5 Lite'ning orqa paneliga uchta kamera o‘rnatilgan: 48MP asosiy, 8MP ultrakeng va 2MP makroobektivlar.

Smartfonning qolgan texnik jihatlari qatoriga stereo karnaylar, Multi-Turbo 5.0, issiqlikni yoyish uchun 11 qatlamdan iborat suyuqlikli sovutish tizimi, USB-C NFC va 5G aloqasi kiradi. Qurilma, shuningdek, foydalanuvchi amaliyotini yaxshilash uchun UFS 3.1 tipidagi doimiy xotiraning 3GB hajmidan operativ xotira sifatida ham foydalana oladi.

iQOO Neo5 Lite ikki xil rang va uch xil xotira konfiguratsiyasiga ega — 8GB/128GB, 8GB/256GB va 12GB/256GB. Narxi esa xotira sig‘imiga mos ravishda 355, 390 va 420 dollarni tashkil qiladi. Smartfonni vivo'ning rasmiy vebsayti orqali Xitoyda sotib olish mumkin. Qurilmaning boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum.

O‘QING: «iQOO 7, taxtni bo‘shat!» – AnTuTu’da yangi rekordchi paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.