Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

  •   DiMaX
  •  1213
  •  10.03.2021 11:08

Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

Xiaomi korporatsiyasi kuni kecha Mi 10 flagmanining yanda takomillashgan versiyasi – Xiaomi Mi 10S modelini taqdim etdi. Dizayniga ko‘ra Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmaniga ko‘proq o‘xshaydigan gadjet birdaniga DxOMark audioreytingida yetakchiga aylanib ham ulgurdi.

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Xiaomi Mi 10S modeli Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 870 chipseti bazasidagi ikkinchi smartfon bo‘ldi (birinchisi Redmi K40 flagmani edi). Ushbu protsessor Snapdragon 865+ chipsetining kuchaytirilgan versiyasi, deyilayotgan esa-da, amerikalik chipsozning flagmani – Snapdragon 888 chipiga bemalol bas kela olishi ayon bo‘lmoqda.

Jumladan, buni yangi test videosi ham isbotlagan – unda Snapdragon 870 chipli yap-yangi Xiaomi Mi 10S smartfonini eng kuchli Android-protsessor bazasidagi Galaxy S21 Ultra flagmani bilan taqqoslashgan. Tajribada har ikkala qurilmaning mobil o‘yinlardagi samaradorligi va qizish darajasi o‘zaro taqqoslangan.

Buni qarangki, Xiaomi Mi 10S kutilmaganda Samsung’ning eng so‘nggi va eng qudratli flagmanini mahv etgan! Xitoyliklar vakili o‘rtacha FPS darajasi bo‘yicha Galaxy S21’dan yuqori bo‘lsa, smartfonning qizib ketishi borasida ham undan ustun – harorati 1,2 darajaga past bo‘lib chiqqan.

O‘QING: Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!