Snapdragon 870 va 120Hz OLED displeyga ega Redmi smartfoni tayyorlanmoqda

Snapdragon 870 va 120Hz OLED displeyga ega Redmi smartfoni tayyorlanmoqda

GSMArena nashrining Weibo tarmog‘idagi insayder tarqatgan ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, Xiaomi kompaniyasi Snapdragon 870 chipseti va 120Hz OLED panelga ega Redmi smartfoni ustida ishlamoqda.

O‘QING: Bu smartfonsoz Xiaomi va Apple'ni ham ortda qoldirdi

Ba’zilarning ishonishicha, bu Redmi K40S smartfoni bo‘lishi yoxud navbatdagi Redmi K50 oilasi vakili bo‘lishi mumkin.

Digital Chat Station nomli foydalanuvchi qurilmaning bir qator texnik jihatlarini ochiqladi. Mazkur Redmi smartfoni 6,7 dyuym diagonalli, 1080x2400p rezolyutsiyali ekran bilan jihozlanishi hamda orqa panelda 50MP asosiy kameraga ega bo‘lishi ehtimoli bor.

Ma’lumotlarda ko‘rsatilishicha, smartfonning model raqami SM8250, bu esa qurilma Redmi K50 smartfoni bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

O‘QING: Xiaomi 12: 2022 yilgi Xiaomi flagmanidan kutayotgan 6 jihatimiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!