Snapdragon 875 chipli ilk smartfonlarni mana shu sakkizta kompaniya chiqaradi

  •   DiMaX
  •  821
  •  20.11.2020 15:44

Snapdragon 875 chipli ilk smartfonlarni mana shu sakkizta kompaniya chiqaradi

Qualcomm kompaniyasi dekabrning boshida o‘zining yillik sammitini o‘tkazishini aytgan va unda yangi flagman – Snapdragon 875 protsessorini namoyish etadi. Jahon bozorida ushbu chipset bazasidagi ilk smartfon Samsung Galaxy S21 bo‘lishi kutilmoqda, lekin Xitoyda...

O‘QING: «Rulni ber buyoqqa!» – Qualcomm endi o‘zi geymerlar uchun smartfon tayyorladi!

«Osmon osti saltanati»da amerikalik chipsozning eng zo‘r protsessori Xiaomi Mi 11 flagmani bilan paydo bo‘ladi. Ishonchli insayder Digital Chat Station kelgusi yilning boshida qaysi smartfonsozlar Snapdragon 875 bazasida flagman telefonlar taqdim etishlarini aytdi.

Bular sakkizta brend bo‘lib, ayrimlarining ushbu chipsetga asoslangan smartfon modellari ham ma’lum:

  1. Xiaomi brendi – Xiaomi Mi 11 modeli;
  2. Redmi brendi – Redmi K40 modeli;
  3. BlackShark brendi – Black Shark 4 modeli;
  4. Vivo brendi;
  5. Iqoo brendi;
  6. Oppo brendi;
  7. Realme brendi;
  8. OnePlus brendi – OnePlus 9 modeli.

Ushbu ro‘yxatda Samsung yo‘qligining sababi – Galaxy S21 flagmani Xitoyda keyinroq chiqadi.

O‘QING: Snapdragon 875'li Galaxy S21 Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!