Snapdragon 875’ni kutmang – o‘rniga Snapdragon 888 5G chiqyapti!

  •   DiMaX
  •  644
  •  02.12.2020 11:46

Snapdragon 875’ni kutmang – o‘rniga Snapdragon 888 5G chiqyapti!

Qualcomm kompaniyasi, o‘zi va’da qilganidek, 1 dekabrdan Snapdragon Tech Summit Digital tadbirini boshladi. Unda navbatdagi flagman – Snapdragon 875 protsessorining taqdim etilishi kutilayotgan edi, lekin vaziyat o‘zgacha tus oldi...

O‘QING: «Rulni ber buyoqqa!» – Qualcomm endi o‘zi geymerlar uchun smartfon tayyorladi!

Flagman chipset kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan ekan. Qualcomm bu mahsuloti haqidagi batafsil ma’lumotlarni bugun – sammitning ikkinchi kuni so‘zlab bermoqchi, lekin insayderlar protsessorning ayrim jihatlarini fosh etishgan.

Gap-so‘zlarga ko‘ra, Snapdragon 888 5G asosiy yadrolari sifatida Cortex-A78 yadrolari o‘rniga ulardan ancha qudratli bo‘lgan Arm Cortex-X1 superyadrosi qo‘llanadi. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi uchun joriy yilning fevralida namoyish etilgan modem – Snapdragon X60 ham chipset jamlanmasiga kiritilgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 11 allaqachon Geekbench’da sinab ko‘rildi va u Snapdragon 875 sirlarini ham fosh etdi!

Yangi platformaning yana bir muhim tarkibiy qismi – Qualcomm AI Engine rusumli oltinchi avlod sun’iy ong tezlatgichidir. Unda butkul qayta ishlangan Hexagon protsessori qo‘llangan bo‘lib, samaradorligi 26 TOPS (teraOps per second – soniyasiga necha trillion operatsiya bajarishini ko‘rsatuvchi birlik) chiqadi!

Snapdragon 888 tarkibiga kiritilgan Sensing Hub moduli sun’iy intellektni tezlashtirish funksiyalariga mas’ul bo‘lish bilan birga quvvat sarfini tejaydi.

Xullasi kalom, Snapdragon 888 5G haqidagi to‘liq ma’lumotlar hali endi rasman e’lon qilinadi, ungacha esa...

O‘QING: Snapdragon 875 chipli ilk smartfonlarni mana shu sakkizta kompaniya chiqaradi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.