Snapdragon 888 chipiga ega bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar bilan tanishamiz

Snapdragon 888 chipiga ega bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar bilan tanishamiz

Ushbu yilda ko‘plab kompaniyalar o‘zlarining flagman smartfonlariga Qualcomm'ning eng kuchli Snapdragon 888 chipini o‘rnatishdi. Ushbu smartfonlarga chip yuqori unumdorlik hamda yana bir qancha imkoniyatlarni yaratib berdi. Quyida Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan eng yaxshi smartfonlar bilan tanishamiz.

O‘QING: 2021 yilning eng kutilayotgan 5 smartfoni

Samsung Galaxy S21 seriyasi

Samsung kompaniyasi bu yilgi S21 uchligiga Snapdragon 888 chipini o‘rnatdi. Ushbu uchlik Galaxy S21, S21+, S21 Ultra'dan iborat.

Yangi S21 oilasi Samsung'ning ikki yil orasida chiqargan eng arzon flagmanlari bo‘ldi. Uchlikning eng kichigi bo‘lgan Galaxy S21'ning narxi 799 dollarni tashkil qildi. Uchala smartfon ham Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan. Biroq ularning faqat Shimoliy Amerika uchun ishlab chiqarilgan versiyalarida Snapdragon 888 chipi bo‘ladi. Xalqaro bozor uchun ishlab chiqarilgan smartfonlar esa Exynos 2100 chipi bilan jihozlangan.

Samsung Galaxy S21 smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.2 dyuymli Dynamic AMOLED 2X

Chipset: Snapdragon 888 yoki Exynos 2100

Xotira: 8/128GB, 8/256GB

Kamera: 12MP, 12MP, 64MP

Selfi kamera: 10MP

Akkumulyator: 4,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1

Samsung Galaxy S21+ smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.7 dyuymli Dynamic AMOLED 2X

Chipset: Snapdragon 888 yoki Exynos 2100

Xotira: 8/128GB, 8/256GB

Kamera: 12MP, 12MP, 64MP

Selfi kamera: 10MP

Akkumulyator: 4,800 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1

Samsung Galaxy S21 Ultra smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.8 dyuymli Dynamic AMOLED 2X

Chipset: Snapdragon 888 yoki Exynos 2100

Xotira: 12/128GB, 12/256GB, 12/512GB, 16/512GB

Kamera: 108MP, 10MP, 10MP, 12MP

Selfi kamera: 40MP

Akkumulyator: 5,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, One UI 3.1

O‘QING: TeraTavsif: Samsung Galaxy S21 Ultra 5G (1-qism)

Xiaomi Mi 11 seriyasi

Xiaomi birinchilardan bo‘lib Mi 11 seriyasiga Snapdragon 888 chipini o‘rnatdi. Biroq ushbu seriyaning xalqaro bozor uchun savdoga chiqishi bir necha oyni talab qildi. Mi 11 smartfoni 749 dollar narx evaziga yaxshi texnik ko‘rsatkichlarni taklif etadi. Smartfon 6.81 dyuymli displey, 4,600 mAs sig‘imli akkumulyator, 55W quvvatlash texnologiyasi, 108MP asosiy kamera hamda 20MP selfi kameraga ega.

Agar yanada kuchliroq smartfon kerak bo‘lsa seriyadagi Mi 11 Pro, Mi 11 Ultra smartfonlarini tanlash mumkin. Ushbu to‘rtlikdagi eng kuchli smartfon Mi 11 Ultra bo‘lib, ushbu qurilma Mi smartfonlari ichida birinchi bo‘lib IP68 standartiga ega bo‘ldi. Smartfonning orqa panelidagi kamera modulining bo‘rtib chiqqanini darhol sezish mumkin. Unda 50MP asosiy kamera, 48MP ultrakeng kamera hamda 48MP telefoto kamera joylashgan. Kamera modulining yonidan esa 1.1 dyuymli kichik ikkinchi displey o‘rin olgan. Linyadagi Mi 11 Pro ham maqtovga arzugulik smartfon. Ba’zi texnik jihatlari bo‘yicha ushbu smartfon Mi 11'ga o‘xshab ketadi. Mi 11 Pro 67 vattlik simli hamda simsiz quvvatlanish texnologiyasiga egaligi bilan Mi 11'dan ajralib turadi. Seriyadagi so‘nggi smartfon Mi 11i bo‘lib, bu linyadagi eng kichik smartfon. Mi 11i smartfoni Redmi K40 Pro Plus'ning qayta nomlangan talqini hisoblanadi. Unga 6.67 dyuymli displey, 4,520 mAs sig‘imli akkumulyator, 108MP asosiy kamera o‘rnatilgan. Ushbu smartfonda IP standarti hamda telefoto kamera mavjud emas. Ammo Mi 11i seriyadagi eng arzon smartfon.

Mi 11 smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/128GB, 12/256GB

Kamera: 108MP, 13MP, 5MP

Selfi kamera: 20MP

Akkumulyator: 4,600 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

Mi 11 Pro smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/128GB, 12/256GB, 12/512GB

Kamera: 50MP, 13MP, 8MP

Selfi kamera: 20MP

Akkumulyator: 5,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

Mi 11 Ultra smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.81 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB, 12/128GB, 12/256GB, 12/512GB

Kamera: 50MP, 48MP, 48MP

Selfi kamera: 20MP

Akkumulyator: 5,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

Mi 11i smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB

Kamera: 108MP, 8MP, 5MP

Selfi kamera: 20MP

Akkumulyator: 4,520 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 12.5

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Mi 11 Ultra (1-qism)

Asus Zenfone 8 seriyasi

Asus kompaniyasi bu yili Zenfone 8 hamda Zenfone 8 Flip flagmanlarini taqdim etdi. Ikkala smartfon ham Snapdragon 888 chipida ishlaydi.  Zenfone 8 smartfoni 5.9 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Boshqa flagmanlardan farqli o‘laroq, ushbu smartfon 3.5mm audio jekka ega. Zenfone 8 Flip smartfoniga esa 6.67 dyuymli kattaroq displey hamda 5,000 mAs kattaroq sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Smartfon aylanuvchi kamera moduliga ega bo‘lib, u 64MP asosiy kamera, 12 ultrakeng kamera, 8MP telefoto kameradan iborat.

Asus Zenfone 8 smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 5.9 Super AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB, 12/256GB, 16/256GB

Kamera: 64MP, 12MP

Selfi kamera: 12MP

Akkumulyator: 4,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, ZenUI 8

Asus Zenfone 8 Flip smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.67 dyuymli Super AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB

Kamera: 64MP, 12MP, 8MP

Akkumulyator: 5,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, ZenUI 8

O‘QING: Asus Zenfone 8'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

vivo X60 Pro+

vivo kompaniyasining X60 seriyasining eng kuchli vakili X60 Pro+ hisoblanadi. Shuningdek, lineykadagi faqat ushbu smartfonga Snapdragon 888 chipi o‘rnatilgan. X60 Pro+ 6.56 dyuymli Super AMOLED displeyi, 4,200 mAs sig‘imli akkumulyator, 55 vatt quvvatlanish texnologiyasiga ega. Smartfonning eng kuchli tomoni uning kameralarida. Qurilmada 50MP asosiy kamera, 48MP ultrakeng kamera, 32MP telefoto kamera, 8MP periskop kamera mavjud.

vivo X60 Pro+ smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.56 dyuymli Super AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 12/256GB

Kamera: 50MP, 48MP, 32MP, 8MP

Selfi kamera: 32MP

Akkumulyator: 4,200 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, Funtouch 11.1

O‘QING: vivo X60 Pro+ ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Asus ROG Phone 5 seriyasi

Smartfonda o‘yin o‘ynashni yoqtiruvchilar uchun ROG Phone seriyasining smartfonlari juda qo‘l keladi. Seriyada uchta smartfon bo‘lib, ularning ko‘plab texnik jihatlari bir biriga o‘xshash. Misol uchun, uchala smartfon Snapdragon 888 chipi, 6.78 dyuymli AMOLED displeyi, 6,000 mAs sig‘imli akkumulyator, uchta kameradan iborat bo‘lgan kamera moduliga ega. Ularning faqatgina xotira imkoniyatlari turlicha. ROG Phone 5 Ultimate 18/512GB, Pro model 16/512GB, ROG Phone 5 esa 8/12/16GB tezkor xotira hamda 128/256GB doimiy xotiraga ega.

Asus ROG Phone 5 smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.78 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/12/16GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira

Kamera: 64MP, 13MP, 5MP

Selfi kamera: 24MP

Akkumulyator: 6,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, ROG UI

Asus ROG Phone 5 Pro smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.78 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 16/512GB

Kamera: 64MP, 13MP, 5MP

Selfi kamera: 24MP

Akkumulyator: 6,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, ROG UI

Asus ROG Phone 5 Ultimate smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.78 dyuymli AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 18/512GB

Kamera: 64MP, 13MP, 5MP

Selfi kamera: 24MP

Akkumulyator: 6,000 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, ROG UI

O‘QING: Uchta versiyada ROG Phone 5 taqdim etildi – geymerlar orzusi! (+video)

OnePlus 9 va 9 Pro

Odatdagidek, OnePlus o‘z flagmanlariga eng so‘nggi Snapdragon chipini o‘rnatdi. Ikkala smartfonga Hasselblad kameralari, 4,500 mAs akkumulyator o‘rnatilgan.

OnePlus 9 smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.55 dyuymli Fluid AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 12/256GB

Kamera: 48MP, 50MP, 2MP

Selfi kamera: 16MP

Akkumulyator: 4,500 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, OxygenOS 11.2

OnePlus 9 Pro smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.7 dyuymli Fluid AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 12/256GB

Kamera: 48MP, 50MP, 8MP, 2MP

Selfi kamera: 16MP

Akkumulyator: 4,500 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11, OxygenOS 11.2

O‘QING: OnePlus 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Oppo Find X3 Pro

O‘zgacha dizayn hamda funksiyalarga ega bo‘lgan Oppo Find X3 Pro smartfoni ham Snapdragon 888 chipida ishlaydi. Qurilma 6.7 dyuymli Quad HD+ LTPO AMOLED displeyi, 12/256GB xotira, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator, 65W SuperVOOC quvvatlash texnologiyasiga ega. Smartfonning kamera modulida to‘rta kamera bo‘lib, u 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng, 13MP telefoto kamera, 3MP mikroskop kameradan iborat.

Oppo Find X3 Pro smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.7 dyuymli LTPO AMOLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/256GB, 12/256GB

Kamera: 50MP, 50MP, 13MP, 3MP

Selfi kamera: 32MP

Akkumulyator: 4,500 mAs

Dasturiy ta’minot: ColorOS 11.2

O‘QING: Oppo Find X3 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sony Xperia 1 III va Xperia 5 III

Sony kompaniyasi ham bu yli Snapdragon 888 chipida ishlovchi ikkita smartfonni taqdim etdi. Ikkala smartfonda uchta 12MP kamera, 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator hamda audio jek mavjud. Smartfonlardagi farqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Xperia 1 III 6.5 dyuymli OLED displeyiga ega bo‘lsa, Xperia 5 III 6.1 dyuymli OLED displeyiga ega. Smarfonlardagi yana bir farq ularning xotiralarida, Xperia 1 III nisbatan kattaroq 12/512GB xotiraga ega. Shuningdek, unda simsiz quvvatlanish imkoniyati hamda quvvat berish imkoniyati ham mavjud.

Sony Xperia 1 III  smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.5 dyuymli 4K OLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 12/256GB, 12/512GB

Kamera: 12MP, 12MP, 12MP, 0.3MP

Selfi kamera: 8MP

Akkumulyator: 4,500 mAs

Dasturiy ta’minot: Android 11

Sony Xperia 5 III smartfonining texnik jihatlari:

Displey: 6.1 dyuymli OLED

Chipset: Snapdragon 888

Xotira: 8/128GB, 8/256GB

Kamera: 12MP, 12MP, 12MP

Selfi kamera: 8MP

Akkumulyator: 4,500mAh

Dasturiy ta’minot: Android 11

O‘QING: Sony Xperia 1 III'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!