Snapdragon 888+ chipiga ega vivo X70 Pro+ smartfoni taqdim etildi

Snapdragon 888+ chipiga ega vivo X70 Pro+ smartfoni taqdim etildi

vivo kompaniyasi o‘zining kameraga urg‘u qaratilgan, ZEISS bilan hamkorlikdagi eng so‘nggi X seriya smartfonlarini taqdim etdi. Odatdagidek, yangi lineyka tarkibidan uchta model o‘rin egallagan. Ularning eng kuchlisi, albatta, X70 Pro+ dir. Smartfon nafaqat Snapdragon 888+ chipi bilan, balki displey, kamera va akkumulyator borasidagi takomillashuvlari bilan ham ajralib turadi. 

O‘QING: vivo Y33s smartfoni chiqdi 

Ayniqsa, ekran borasidagi o‘zgarishlar katta. X70 Pro+ Samsung'ning 6,78" E5 AMOLED paneli bilan jihozlangan bo‘lib, 1,440x3,200p rezolyusiyaga ega; HDR qo‘llab-quvvatlanadi.

Ushbu yangi displey LTPO paneldan foydalanadi, bu esa ekranning yangilanish chastotasi 1Hz'dan 120Hz'gacha o‘zgarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Sensorli namuna olish tezligi esa 300Hz. E5 panel, shuningdek, E4 paneldan 25% kam energiya sarflaydi.

Akkumulyator sig‘imi ham katta — 4,500 mAs. Smartfon 55 vattda tezkor quvvat oladi. Yangi joriy qilingan simsiz zaryadlash funksiyasi ham deyarli shuncha tezlikka ega — 50 vatt. 

Kameraga to‘xtalsak, bu borada sezilarli yangilanish qilinmagan bo‘lsa-da, kameralar imkoniyati taqsinga loyiq. Asosiy kamera Samsung'ning 59MP GN1 sensori asosiga qurilgan bo‘lib, 1.2-mikron piksellar va f/1.57 aperturali linzaga ega. Ultrakeng kamera esa gimbal stabilizatsiyasi bilan jihozlangan. Mazkur kamera 48MP IMX598 sensori (1/20", 0.8-mikron piksel) va 114° linzadan foydalanadi.

Smartfonning telefoto kamerasida 125 mm periskop linza bo‘lib, kameraning diafragmasi f/3.4, rezolyusiyasi esa 8MPni tashkil qiladi. Ushbu kamera avvalgi avlod vivo X60 Pro+ niki bilan bir xil. 50 millimeterlik portret kamerada esa o‘zgarish bo‘lgan. Avvalgi 32MP hamda f/2.1 diafragma o‘rniga 12MP sensor va yorqinroq f/1.6 diafragma linzasi o‘rnatilgan. Barcha kameralarda optik tasvir barqarorligi hamda elektron borqarorlik funksiyasi mavjud. 

Linzalarda ZEISS T* reflektor qoplamasi bor. ZEISS, shuningdek, linzalar uchun jilovlanish va xromatik aberatsiyani kamaytiradigan juda past dispersiyali oynani taqdim etdi.

O‘QING: 5G-smartfonlar bozorida Samsung to‘rtinchi o‘ringa tushdi. Undan zo‘rlari kimlar? 

Smartfonga bir xil algoritmda ishlaydigan chiplardan kamroq energiya sarflaydigan, takomillashgan sun’iy intellektga ega hamda tasvirni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi V1 chipi o‘rnatilagn. 

Qurilmadagi yana bir yangilik IP68 standartining mavjudligi. Endi X70 seriyasi suv va changdan himoyalangan. An’analarga sodiq qolgan holda, vivo smartfonning orqa penelini charm bilan qoplagan. Uning to‘q sariq, havorang hamda qora rangli turlari mavjud.  

Smartfondagi chip 8GB yoki 12GB sig‘imli 4 kanalli LPDDR5 tezkor xotira va UFS 3.1 xotirasi, 256GB yoki 512GB doimiy xotira bilan birlashtirilgan. Uchala smartfon Origin OS 1.0 (Android 11'ga asoslangan) tizimida ishlaydi. 

vivo X70 Pro+ Xitoyda shu oyning oxirida sotuvga chiqariladi. Qurilmaning 8/256GB xotira hajmi versiyasi 850 dollar, 12/256GB versiyasi 931 dollar, 12/512GB versiyasi 1086 dollarni tashkil qiladi. 

Qurilmani qisqacha o‘z «ukalari» bilan taqqoslasak, vivo X70 Pro Exynos 1080 chipi, 6,56 dyuymli, 120Hz hamda 1080p+ rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlovchi displey, gimbal stabilizatsiyasi bilan jihozlangan 50MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 12MP telefoto hamda 8MP 5x zum periskop kameraga, 44 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega. 

X70 esa Dimensity 1200 chipi, 6,56 dyuymli, 120Hz hamda 1080p+ rezolyusiyani qo‘llab-quvvatlovchi displey, gimbal stabilizatsiya bilan jihozlangan 40MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 12MP telefoto kamera, 44 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati bilan jihozlangan.

O‘QING: vivo smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!