Snapdragon 888 chipli bu «Imperator» flagman atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlanadi!

  •   DiMaX
  •  1058
  •  11.01.2021 12:44

Snapdragon 888 chipli bu «Imperator» flagman atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlanadi!

Qualcomm kompaniyasi kutilayotganidek Snapdragon 875 emas, balki Snapdragon 888 5G deb nomlangan flagman chipsetini 1 dekabrda taqdim etgan edi. Xiaomi korporasiyasining o‘yinbop qurilmalar yo‘nalishidagi sho‘’basi o‘shandayoq bu chipset bazasida qudratli geymerofon chiqarishini aytgan.

O‘QING: AnTuTu’da taxt talashayotgan Mi 11 va iQOO 7 flagmanlarini bitta zarbada ag‘dargan yangi rekordchini qarshi oling!

Black Shark Technology bosh direktori Luo Yuychjou (Luo Yuzhou) navbatdagi flagman tayyor bo‘lganini kuni kecha Weibo tarmog‘ida e’lon qildi. Kodli nomi Emperor («Imperator») bo‘lgan bu smartfonning Snapdragon 888 bazasida ishlashi – turgan gap. Uning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, bozorga Black Shark 4 nomi bilan chiqishini quyidagi rasmiy tizer tasdiqlaydi:

Geymerlarga mo‘ljallangan bu telefonda 120 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Natijada uning 4500 mA/soatlik akkumulyatorini noldan boshlab 100 foizgacha to‘ldirish uchun 15 daqiqadan kamroq vaqt kifoya qiladi!

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Bulardan tashqari, Black Shark 4 ekranida kadr yangilanish chastotasi 144 gerslik yoki hatto undan ham yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Uning bosh kamerasi bir necha moduldan iborat bo‘lib, korpusidan o‘yin uchun maxsus tugmachalar ham joy olishini kutish mumkin.

Darvoqe, «qurilmalarni qiynovchi» texnobloger bundan oldingi – Black Shark 3 modelini 2020 yildagi flagmanlar orasida eng eng ta’mirga yaroqsiz smartfon, degan.

Eslatib o‘tamiz, biz 2020 yilning eng ommabop 20 smartfoni, Gizmochina nashriga ko‘ra beshta yo‘nalishda 2020 yilning eng zo‘r Android-smartfonlari, DxOMark nazdida 2020 yilning eng zo‘r to‘rtta kamerofoni, eng xaridorgir 5G-smartfonlar, rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar kabi reytinglarni ham e’lon qilganmiz. Shuningdek, AnTuTu benchmarkiga ko‘ra eng qudratli flagmanlar hamda eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon reytinglari ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Eng innovatsion sakkizta smartfon – CES 2021 sovrindorlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!