Snapdragon 888 chipli yangi flagmanini Samsung hatto Galaxy S20 FE’dan ham arzon chiqaryapti!

  •   DiMaX
  •  745
  •  07.06.2021 09:53

Snapdragon 888 chipli yangi flagmanini Samsung hatto Galaxy S20 FE’dan ham arzon chiqaryapti!

Samsung Electronics kompaniyasining hozirda eng kutilayotgan gadjetlaridan biri Galaxy S21 FE (yoki Galaxy S21 Fan Edition) nomli smartfondir. Fanatlarga bag‘ishlab narxi pasaytirilgan bo‘lsa-da, uning ham Snapdragon 888 protsessori bazasida tayyorlangani haqida yozganmiz. Bundan tashqari, yaqindagina...

O‘QING: Galaxy S21 FE allaqachon surati bilan Samsung rasmiy saytiga chiqdi!

Keyingi vaqtlarda internetda Samsung Galaxy S21 FE haqida ko‘plab yangi ma’lumotlar tarqalmoqda. Korea Herald nashri esa uning narxini aniqlab e’lon qildi.

To‘g‘ri, fanatlarga bag‘ishlab arzonlashtirilgan flagmanning hozircha faqat Janubiy Koreyadagi narxigina ma’lum. Ya’ni, Galaxy S21 FE o‘z yurtida 700 000 vondan to 800 000 vongacha narxda sotiladi. Bu esa tegishlicha 630 dan to 720 gacha AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

Bu esa mazkur qurilmaning o‘z «ajdod»i – bulturgi Galaxy S20 FE modelidan ham arzonligini ko‘rsatmoqda. Unisi sotuvga chiqqanida o‘z yurtida 899 800 von (taxminan 810 dollar) miqdorida narx belgilangan, AQSh bozoriga chiqqan paytida esa Galaxy S20 Fan Edition uchun 699 dollar so‘rashgan edi. Shuningdek, uning beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi o‘tgan oyda yangicha talqinda – Snapdragon 865 protsessori bilan chiqqan.

Shunday qilib, Galaxy S21 FE boshqa mamlakatlarda ham o‘tgan yilgi fanatcha flagmandan arzonroq chiqsa ajabmas. Zero, bu kompaniya o‘zining hozirgi flagmanlari – Galaxy S21 modellarini ham bulturgi Galaxy S20 smartfonlaridan arzonroq chiqargan-ku.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!