Snapdragon 888 Plus chipli ilk smartfon – GeekBench rekordchisi AnTuTu’da hafsalani pir qildi

  •   DiMaX
  •  580
  •  06.08.2021 10:59

Snapdragon 888 Plus chipli ilk smartfon – GeekBench rekordchisi AnTuTu’da hafsalani pir qildi

Qualcomm kompaniyasi shu yil iyunning oxirida Snapdragon 888 Plus rusumli flagman protsessorini namoyish qilgan edi. Uning bazasidagi ilk qurilma Honor Magic 3 rusumli smartfon bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Antiqa dizayndagi Honor Magic 3 va 3 Pro smartfonlarining narxi va asosiy texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Honor Magic 3 smartfonining 12 avgust kuni rasman taqdim etilishi ma’lum bo‘lgan. Namoyishidan oldin uning GeekBench servisida tekshirib ko‘rilganida rekord natija namoyon etgan edi.

Lekin mazkur flagman endi AnTuTu benchmarkida ham sinab ko‘rildi va ancha past ball oldi. U yerda sinab ko‘rilgan Honor Magic 3 tezkor/ichki xotirasi 12/512 gigabaytlik konfiguratsiyada bo‘lib, smartfonning boshqa variantlari ham bo‘lishi shubhasiz.

Xullasi kalom, Snapdragon 888 Plus chipli ilk smartfon bo‘lmish mazkur qurilma AnTuTu servisida 749 223 ball olgan. Bu yaxshi ko‘rsatkich, ammo eng zo‘r natija emas – bazaviy Snapdragon 888 protsessoridagi ayrim flagmanlar undan yuqori ball olgan. Android-smartfonlar samaradorligi bo‘yicha iyul oyi reytingidagi barcha gadjetlarning o‘rtacha ballari ham bundan baland!

Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga ko‘ra, Honor Magic 3 displeyi kadr yangilanishining 120 gerslik chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Egalari rozi bo‘lgan smartfonlar reytingida kutilmagan o‘zgarish! (AnTuTu, 2021 yil iyul)